Oʻzbekistonning Shveysariyadagi elchisi tayinlandi
Qayd etilishicha, elchi joriy yilning 25-oktyabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Uchrashuvda Prezident soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli faollashganini taʼkidlagan. U Shveysariya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.
Viola Amerd shuningdek, foydali qazilmalarni oʻzlashtirish, 'yashil' iqtisodiyot, 'yashil' energetika, suv va energiyani tejash texnologiyalarini joriy qilish, iqlim oʻzgarishi va ekologiya muammolari oqibatlarini bartaraf qilish, kasbiy taʼlim tizimida Shveysariya dual taʼlim modelini joriy qilish borasida hamkorlikka tayyorligini qayd etgan.
Aytish joiz, Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonning GFRdagi elchisi sifatida Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Shu tariqa, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Shveysariyada ham (qarorgohi Berlin shahrida) mamlakatning rasmiy vakili hisoblanadi. Axatov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023-yillar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
U 2010-2013-yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlib ishlagan.
Ukraina olov purkaydigan itlarni jangga kiritdi (+video)
Ukraina Rossiyaga qarshi kurash doirasida harbiy amaliyotlariga robot-itlarni kiritdi. Ushbu robotlar oʻq-dorilarni etkazib berish, kuzatuvni amalga oshirish va frontda askarlarni qoʻllab-quvvatlashga qodir. Yaqinda olingan videoda bu robot-itlardan biri dron tomonidan tashlab ketilgani, soʻngra oʻz-oʻzidan dalada yurganini koʻrish mumkin. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, robot itlarning jangga qoʻshilishi Ukrainaga harakatlanish qiyin hududlarda maʼlumot toʻ
Pokistondagi vokzal yaqinida portlash: 20 dan ortiq odam halok boʻldi
Pokistonning Kvetta shahridagi vokzal yaqinida yuz bergan portlashda kamida 21 kishi halok boʻldi, 30 kishi jarohat oldi. Poyezd kelishidan oldin vokzal kassasida portlash sodir boʻlgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar. Jabrlanganlar shahar shifoxonasiga yetkazilgan. Kvettada favqulodda holat eʼlon qilindi. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Asosiy versiyalar orasida terakt ham bor. Pokiston oʻzining dastlabki yillaridanoq turli siyosiy kuchlar hukumatlari t
Rossiya Ukrainaning yana bir qishlogʻini egalladi
Rossiya-Ukraina urushiga 976 kun toʻldi. Ukrainaning Xerson port shahrida yashovchi keksa erkak uning ustiga uchuvchisiz samolyotdan portlovchi moddalar tashlanganidan soʻng halok boʻlgan, yana bir kishi artilleriyadan oʻqqa tutilganini yozgan gubernator Aleksandr Prokudin.Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari chegaradagi Belgorod viloyati hamda Bryansk, Voronej va Kursk viloyatlarini nishonga olgan 21 ta Ukraina dronlarini bir kechada yoʻq qilganini maʼlum qildi.R
ТУЯЛАРГА НЕГА ИЛОН ЕДИРИЛАДИ?
Саҳрода араблар ушбу усулни нима сабабдан қўллашади? Бир қарашда, бу жуда ғалати ва ҳатто шафқатсиз туюлиши мумкин. Кимдир буни жазо чораси деб ҳам ўйлайди. Лекин аслида бунинг ўзига хос сабаби бор. Саҳрода туялар орасида ўта хавфли бир касаллик учрайди, уни сурра (су-ауру)