calendar 09 Oct 14:40
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbek “qizil oltini”ni qayta ishlash yanada koʻpayadi

image
Said Donishev/'Xalq soʻzi'.'Joriy yilning 8-oktyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida zaʼfaron plantatsiyasini kengaytirish, quritish va qayta ishlashni tashkil etish loyihasining ochilish marosimi hamda zaʼfaron tuganak piyozboshilarini namunaviy ekish tadbiri oʻtkazildi.

Zaʼfaron inson salomatligi uchun tengsiz xususiyatlarga ega oʻsimlik. Qadimdan ushbu giyoh ziravorlar sultoni yoki 'qizil oltin' deya eʼtirof etilib, qiymati yuqori baholanib kelinadi.

Eʼtiborlisi, mamlakatimizda tashkil etilgan zaʼfaron plantatsiyalar jahon miqyosida yaxlit hududda joylashgan plantatsiyalarning eng yirigi hisoblanadi.

Prezidentimizning shu yil 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida zaʼfaron plantatsiyalarining umumiy yer maydonini 2 ming gektarga yetkazish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Jumladan, Baxmal, Gʻallaorol va Zomin tumanlarida qoʻshimcha 1,6 ming gektarda zaʼfaron plantatsiyalarini tashkil etish belgilandi.



BMB HOLDING tomonidan Italiyaning 'FIN.OPERA SRL' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 120 mln. yevroga tengdir. Buning uchun 70 mln. yevro miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, 37 mln. yevro tashabbuskor mablagʻi hamda 13 mln. yevro hajmida Oʻzsanoatqurilishbank kredit mablagʻlari jalb qilindi.

Oʻtgan davr mobaynida mazkur loyiha doirasida 60,8 mln. yevro investitsiyalar oʻzlashtirilib, qariyb 120 ta doimiy va 25 mingta mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.

Shu bilan birga, loyiha tashabbuskori tomonidan qoʻshimcha ravishda kiritilgan 5 mlrd. soʻm sarmoya hisobiga 2,5 km.ga yaqin yoʻllarga beton qoplamasi yotqizilib, 25-30 km uzunlikda elektr tarmoqlari tortildi. Natijada, hudud aholisi uchun ham ravon yoʻllar va elektr energiyasidan foydalanish imkoniyati paydo boʻldi.

Bugungi kunda xoldingga qarashli korxonalar tomonidan yigirmaga yaqin zaʼfaronli mahsulotlar ishlab chiqarilib, ular 'BMB Zaʻfaron' brendi ostida dunyoning koʻpgina davlatlariga eksport qilinmoqda.

Buning uchun mahsulotlar Italiya, Fransiya, Niderlandiya hamda Koreya davlatlaridagi ilgʻor laboratoriyalarda ikki bosqichli chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan oʻtkazildi, ISO 3632-1/2011 xalqaro standarti asosida 1-toifa sifat darajasi sertifikatini oldi.



Shuningdek, zaʼfaron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, terib olish, qayta ishlash, saqlash va qadoqlash jarayonlari Niderlandiyaning 'Control Union Certifications' tashkiloti tomonidan ham oʻrganildi. Natijada, 'BMB Zaʻfaron'ga 'USDA ORGANIC' sertifikati berildi.

Qolaversa, oʻzbek 'qizil oltin'ini dunyoning eng yirik bozori ' Xitoyga eksport qilish boʻyicha ham Oʻzbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga koʻra ruxsatnoma olingan.

Yevropa va AQSH bozorlariga esa, Italiyada tashkil etilgan qoʻshma korxona tomonidan 'ORO ROSSO Milano' brendi ostida eksport qilinmoqda.

Zaʼfaron plantatsiyasida tuganak piyozboshilarini namunaviy ekish tadbirida joriy yilgi ekish jarayoni 20-sentyabrda boshlangani, mavsum yakuniga koʻra plantatsiyalar umumiy maydoni 700 gektarga yetkazilishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

Ishtirokchilar zaʼfaron maydonlarida polshalik mutaxassislar bilan hamkorlikda sinov tariqasida qoʻllanila boshlangan 'AgroNanoGel Basic' gidrogel tizimi bilan tanishtirildi.

Taʼkidlanishicha, gidrogel oʻsimliklar uchun suv zaxirasi sanaladi. Uning qoʻllanilishi vegetatsiya davrida oʻsimliklar uchun optimal suv sharoitini hozirlab, uning sarfini 45 foizgacha tejaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
47
0
xs.uz

Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdor ikki baravargacha oshirilishi mumkin

Oʻzbekistonda soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni ikki baravargacha oshirish taklif qilindi.Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik faoliyatini toʻxtatishga asos boʻladigan qonunbuzilish holatlari darajasi belgilanmaganini koʻrsatib oʻtdi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish holatlari kuzatilmoqda.Shu bois 1-noyabrga qadar aholining hayoti va sogʻl

08 Sep 16:45
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekiston qariyb 11 million AQSH dollariga teng qovun eksport qilgan

Oʻzbekiston joriy yilda katta miqdordagi qovun mahsulotlarini eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.Agentlikning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.Ushbu davr mobaynida eng koʻp yurtimiz qovunlarini import qilgan mamlakat Qirgʻiz Respublikasi boʻlib, mamlakat 7,2 ming tonnani tashkil etadi.Bundan tashqari, Qozogʻiston ham eng katt

09 Oct 12:36
 
7
0
postda.uz

Hushyorligi natijasida

Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs

10 Oct 10:40
 
15
0
xs.uz

Nochorlikdan tadbirkorga aylangan “zirapcha”

Said Donishev/'Xalq soʻzi'. Hayot yoʻli tekis emas. Oʻnqir-choʻnqirlari, pastu balandliklari baʼzan inson aqlini shoshirib qoʻyadi. Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farz