calendar 09 Oct 12:40
eye 39
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur

image
Davlat rahbari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.

Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha oʻzgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Aks holda sohaga yoʻnaltirayotgan shuncha mablagʻ, qurilayotgan bino va inshootlar, moddiy-texnik baza havoga sovurilgandek bekorga ketishi qayd etildi.

'Biz bunga hech qachon yoʻl qoʻymasligimiz lozim. Davlatning, xalqning peshona teri bilan topgan boyligi, birinchi navbatda, yosh avlod tarbiyasi uchun, kelajagimiz uchun ishlashi shart', dedi Prezident.

Oʻtgan 7-yilda taʼlimni rivojlantirishga jami 216 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion soʻm sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bogʻcha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.

Xususiy taʼlimga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bogʻchalar 250 tadan 30 mingtaga koʻpaydi.

Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-maʼnaviy resurslar bilan toʻldirilishi kerakligi, shundagina taʼlimda sifat, samara boʻlishi taʼkidlandi.

Intellektual-maʼnaviy resurslar ' bu avvalo oʻqituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, maʼnaviy saviyasi deganidir.

Albatta, bunday uygʻunlikka erishish oson emas. Buning uchun katta-katta mablagʻlardan tashqari ulkan insoniy resurs, bilim va tajriba, kadrlar salohiyati, eng muhimi, oʻqituvchilarning vatanparvarlik fazilatlari talab etiladi.

Ayni vaqtda, bugungi kunda taʼlim sohasida strategik tafakkur zarur. Bu nima degani?

Bu oʻn-oʻn besh yil oldinni koʻrib, taʼlim maskanlarini faqat bugungi kun uchun emas, kelajak uchun ishlaydigan darajaga koʻtarish degani.

Chunki taʼlimda, maʼrifatda orqada qolganlar ' hech shubhasiz, taraqqiyotda ham orqada qoladi. Bu ' tarixda isbotlangan haqiqat.

'Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur.

Ular avvalo el-yurt taqdiri va kelajagini hal qiladigan ulugʻ maqsadlar yoʻlida xizmat qilayotganlarini chuqur anglab yetishlari va shu asosda harakat qilishlari lozim', dedi davlat rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
30
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar

29 Oct 20:50
 
20
0
xs.uz

Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb

09 Oct 12:36
 
100
0
postda.uz

QATAG‘ON QURBONLARI – XALQIMIZ ARMONLARI

1938-yilning 4-oktabrida jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotshunos olimlar, birinchi o‘zbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonovlar qatl etildi. Eng achinarlisi, ularni o‘limga hukm qilish haqidagi hujjat qatldan bir kun o‘tib, 5-oktabrda rasmiylashtirib qo‘yilgan.Harbiy kollegiyaning 1938-yil

09 Oct 12:37
 
37
0
postda.uz

MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiMILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIROradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlari­mizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi.Shavkat MIRZIYOYEVBiz o‘ttiz uch yillik to‘yini nishonlash arafasida turgan buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikni