MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR
Ma’naviyat va ma’rifat darsi
MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR
Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi.
Shavkat MIRZIYOYEV
Biz o‘ttiz uch yillik to‘yini nishonlash arafasida turgan buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. Yangi O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.
Mustaqillik qadrini begona bir xalq qo‘lida mute bo‘lib yashagan odamlardan so‘ragan yaxshiroq. Hozir ham millionlab nufuzga ega xalqlar borki, o‘z davlatini qura olmaydi, boshqa bir titul xalqlar davlatida ikkinchi darajali, hatto mayda millat, deya hisoblanib yashaydi. Sport musobaqalarida o‘z bayrog‘i ostida maydonga chiqa olmaydi. Xalqaro munosabatlarda boshqa davlatlar bilan bevosita muloqot qila olmaydi. Eng achinarlisi, o‘z yeridagi yer osti va yer usti boyliklariga o‘zi egalik qila olmaydi. O‘z ona tilida gapira olmaydi. Katta xalq tilini o‘rganishga, shu xalq madaniyatini ulug‘lashga majbur bo‘ladi. O‘z tarixini unutishga yoki katta og‘a aytgan yo‘sinda tasvirlashga majbur bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik bu ozodlik va erkinlik deganidir.
Ma’lumki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda Yangi O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida qanday voqealar bo‘lib turganidan barchamiz xabardormiz. Notinch vaziyat tufayli insonlar aziyat chekmoqda. Ana shunday bir sharoitda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi, desak, aslo yanglishmaymiz.
Bugun yurtimizning barcha go‘shalarida «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» degan bosh g‘oya tantanasi jaranglamoqda. Joylardagi sayllarda, tadbirlarda, davra suhbatlarida bu g‘oya faxrlanib, ko‘tarinki ovoz bilan zikr qilinmoqda, qalblarga ruh baxsh etmoqda. Zero, Vatandan azizroq makon yo‘q bu dunyoda. Yer yuzida Yangi O‘zbekistonimiz – yakka-yu yagona, biz u bilan har qancha faxr-iftixor qilsak kam. Bunga uning boy o‘tmishi ham, ravnaq topayotgan buguni ham, porloq kelajagi ham to‘la asos bo‘ladi.
Ushbu g‘oya zamirida xalqimizning birligi, jipsligi, hamfikr va jonkuyarligi, el-u yurt sha’ni va osoyishtaligi yo‘lidagi birdamligi kabi ezgu ma’no-mazmun mujassam.
Darhaqiqat, birdamlik bo‘lgan joyda yuksalish, oldinga siljish, yuksak marralar bo‘y ko‘rsatadi. Dono xalqimizning «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar» degan maqoli ham aynan shu mazmunda aytilgan purhikmat topilmadir. Xuddi shu kabi birlashgan el-ulus bir xalq, bir Vatan bo‘lib, ko‘zlangan eng yuqori pog‘onalarga chiqishga erishadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan o‘rin olish, xalqning eng baxtiyor, osoyishta el sifatida yashashiga erishish, inson qadr-qimmatini yuksaltirish, intellektual salohiyati yuksak avlodni kamolga yetkazish bugungi islohotlarning asl mazmunidir.
Mustaqillik, bu yilda bir marta, faqat mustaqillik bayramida emas, har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukr qilinadigan, qadri, sharafi, bardavomligi ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylanadigan bebaho ne’matdir. Uning sharofati bilan ijtimoiy, ma’naviy va diniy qadriyatlarning qaytadan tiklanishi va rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi. Mustaqillik bizga o‘zligimizni qaytardi. Mustaqillik bizga din-u diyonatimizni qaytardi. Mustaqillik – erkin e’tiqod va ibodatlarimizni qaytardi.
So‘nggi yillarda Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, xususan, inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Inson qadri degani, sodda qilib aytganda, insonni ulug‘lash va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbatni qadrlash deganidir. «Inson qadri» tushunchasi – insonning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari har tomonlama ta’minlanishini ham o‘zida qamraydi.
Ayniqsa, O‘zbekiston birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylangani bu sohadagi amaliy faoliyatimizning yuksak e’tirofi bo‘ldi. 2021-yil 1-yanvardan buyon mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatida faol va samarali faoliyat olib bormoqda.
Dunyodagi hech bir mamlakatda so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi kabi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmagan. Toshkentning yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli Markaziy Osiyo davlatlari ilk bor bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mintaqaviy masalalarni ochiq va samimiy muhokama qila boshladi.
Joriy yilning 9-avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvi va unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ham fikrimizning yaqqol dalilidir.
Mustaqillik tufayli mamlakatimiz suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatga, xalqaro huquqning to‘laqonli subyektiga aylangani rost. Buning uchun o‘tgan yillar davomida barcha sohada birdek olib borilgan amaliy sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.
Eng muhimi, bugun istiqlolimiz sharofati bilan erishayotganlarimiz xalqaro maydonda tan olinib, e’tirof etilmoqda. Ko‘plab xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz nomi yuqori o‘rinlarda qayd etilayotgani quvonarlidir.
Bundan keyin ham bir bo‘lib, birdamlikda, yagona xalq sifatida harakat qilsak, albatta, eng yuksak cho‘qqilarni zabt etajakmiz. Vatanimiz mustaqilligi shahdam odimlarimizga, shiddatli harakatlarimizga kuch va mayoq bo‘lib qolaversin!
O‘z muxbirimiz.
Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar
Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb
QATAG‘ON QURBONLARI – XALQIMIZ ARMONLARI
1938-yilning 4-oktabrida jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotshunos olimlar, birinchi o‘zbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonovlar qatl etildi. Eng achinarlisi, ularni o‘limga hukm qilish haqidagi hujjat qatldan bir kun o‘tib, 5-oktabrda rasmiylashtirib qo‘yilgan.Harbiy kollegiyaning 1938-yil
MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR
Ma’naviyat va ma’rifat darsiMILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIROradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi.Shavkat MIRZIYOYEVBiz o‘ttiz uch yillik to‘yini nishonlash arafasida turgan buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikni