calendar 09 Oct 12:36
eye 100
comments 0
comments Manba: postda.uz

QATAG‘ON QURBONLARI – XALQIMIZ ARMONLARI

image

1938-yilning 4-oktabrida jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotshunos olimlar, birinchi o‘zbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonovlar qatl etildi. Eng achinarlisi, ularni o‘limga hukm qilish haqidagi hujjat qatldan bir kun o‘tib, 5-oktabrda rasmiylashtirib qo‘yilgan.

Harbiy kollegiyaning 1938-yil 4-oktabrdan 16-oktabrgacha bo‘lgan sayyor yig‘ilishlarida jami 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm chiqarildi. O‘zbekistonda 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil 1-yanvargacha 10700 nafar kishi qamoqqa olingan. Shundan 3613 kishi qatl etilgan bo‘lsa, 7087 nafari sakkiz-o‘n yil muddatga qamoqqa tashlandi. 1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan. Ularning 13 000 nafari otib tashlangan, yana minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan.

Mustabid tuzum xalqimizning eng ilg‘or vakillarini jismonan yo‘q qilish, uzoq muddatlarga lagerlarga surgun qilish bilan cheklanmay, ularning oila-a’zolari va yaqinlarini ham ta’qib qildi. Hatto ularning nomlarini ham tarixdan o‘chirishga urindi, yaratgan asarlari, chop etilgan kitoblarini ham taqiqladi.

Qatag‘onlar oqibatida xalqimiz endi kuchga to‘lgan, o‘z Vatani ravnaqi yo‘lida hali katta ishlarni qilishi mumkin bo‘lgan minglab yetuk kadr­laridan, asl o‘g‘lonlaridan ayrildi. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, harbiy, ilmiy, adabiy-madaniy salohiyatiga o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar yetdi.

Xo‘sh, sho‘rolar hokimiyatining ushbu qatag‘onlardan ko‘zlagan maqsadi nima edi? Bu siyosat qurboniga aylangan ziyolilar, jadid bobolarimizning «aybi» nima bo‘lgan? Ular mavjud siyosatga qanday xavf solgan edi, degan savollar kishini chuqur o‘yga soladi.

Eng boshidanoq yolg‘onga asoslangan proletariat diktaturasi har qanday hur fikrga, muxolif qarashlarga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan. Shu bois sovet hokimiyatini tanqid qiluv­chilar, uning chor hukumatidan oshib tushgan imperialistik siyosatiga qarshi fikr aytuvchi diniy yetakchilar va milliy intelligensiya vakillari ustidan nazorat o‘rnatish, bu siyosatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan kuchlarni aniqlash, ularni ma’nan va jismonan yo‘q qilish maqsad qilingan edi. Qatag‘onlar, shuningdek, sovet hokimiyatining jamiyat ustidan total nazoratini ku­chaytirish va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday norozilik yoki mustaqillikka intilishni ayovsiz bostirishga qaratilgan edi.

Eng qizig‘i, hur fikrli oydinlarimizni mahv etish maqsadida turli aksil­inqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi asosida markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, yosh umrlari xazon bo‘lgan. Ularning avlodlari ham «xalq dushmani»ning bolalari sifatida jamiyatdan ajratilgan, hayoti ostin-ustun bo‘lib ketgan.

Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, aziz siymolar xotirasini e’zozlash, madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyati, ularning boy ma’naviy merosini tadqiq etish, targ‘ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Dunyoda global xavf-xatarlar ku­chayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda jadidlarning Vatan ozodligi va yurt taraqqiyoti borasidagi g‘oyalarini, ta’bir joiz bo‘lsa, «qayta tiriltirish», ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga mashaqqatli kurashlar va minglab qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilgan istiqlolni, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylash, qadrlash kerakligini anglatish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Bu zaruratni yaxshi anglagan davlatimiz rahbarining 2020-yil 8-oktabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi yangi izlanishlar, amaliy chora-tadbirlarga keng yo‘l ochdi. Ayniqsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining reablitatsiya qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi.

Ushbu savobli ishlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yil 19-iyulda Prezidentimizning «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarordan ko‘zlangan maqsad tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini ku­chaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalashdir.

Xususan, qarorning 3-bandiga asosan, har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlash belgilandi. 

Qarorga asosan, qatag‘on qurbonlari, jumladan, jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, «O‘zarxiv», Madaniy meros, Yoshlar ishlari agentliklari, Fanlar akademiyasi va boshqa vazirlik va idoralarga bir qator aniq vazifalar belgilab berildi. Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga tegishli nodir kitoblar, qo‘lyozma asarlar, tarixiy hujjatlar va boshqa materiallarni ta’mirlash hamda raqamlashtirish, audiovizual mahsulotlar tayyorlash, ularni internet tarmog‘ida ommalashtirish, «Jadidlar.uz» elektron platformasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga oid muayyan arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarish, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududiy bo‘limlari ilmiy xodimlari uchun vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish shular jumlasidandir.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari va madaniy merosini rivojlantirishga hissa qo‘shgan jadidlar faoliyatini o‘rganish o‘zbek xalqining milliy g‘ururini yuksaltirishga, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Umuman olganda, jadidlar faoliyati va g‘oyalarini o‘rganish xalqimizga o‘z boshidan kechirgan achchiq tarixdan saboq olgan holda, ta’lim va milliy madaniyatni yuksaltirish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilg‘or g‘oyalarni hayotimizga keng joriy etish orqali rivojlangan dunyoda tenglar ichra teng bo‘lib yashash imkonini beradi.

Elbek NORMO‘MINOV,

IIV Muzeyi boshlig‘i, mayor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
30
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar

29 Oct 20:50
 
20
0
xs.uz

Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb

09 Oct 12:36
 
100
0
postda.uz

QATAG‘ON QURBONLARI – XALQIMIZ ARMONLARI

1938-yilning 4-oktabrida jadid bobolarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi el ardog‘idagi shoir va yozuvchilar, G‘ozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qodirov, Ziyo Saidov kabi adabiyotshunos olimlar, birinchi o‘zbek kinorejissyori va fotografi Xudoybergan Devonovlar qatl etildi. Eng achinarlisi, ularni o‘limga hukm qilish haqidagi hujjat qatldan bir kun o‘tib, 5-oktabrda rasmiylashtirib qo‘yilgan.Harbiy kollegiyaning 1938-yil

09 Oct 12:37
 
37
0
postda.uz

MILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiMILLIY MUSTAQILLIK – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM ASOSIDIROradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlari­mizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi.Shavkat MIRZIYOYEVBiz o‘ttiz uch yillik to‘yini nishonlash arafasida turgan buyuk va bebaho ne’mat – mustaqillikni