calendar 09 Oct 12:36
eye 41
comments 0
comments Manba: postda.uz

ElGA YELKADOSH BO‘LIB

image

Leytenant M.Ahmedov xizmat faoliyati davomida ana shunday hushyorlik namunalarini namoyon etib kelmoqda. 

Qorako‘l tumani Chandirobod qishlog‘ida tavallud topgan Mavlud­jon muddatli harbiy xizmatni o‘tagach, Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Oliy malumotli mutaxassis Buxoro shahridagi 35-sonli umumta’lim maktabida avval o‘qituvchi, so‘ng Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. To‘ng‘ich akasi Ma’rifjon 7532-harbiy qism xodimi bo‘lgani va harbiylikka ishtiyoqi sabab 2021-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, hozirgi vazifasida xizmatga qabul qilindi.

M. Ahmedovga tajribali profilaktika katta inspektori, kapitan 

A. Rahimov murabbiy etib biriktirildi.

Unga biriktirilgan «Guliston» mahallasi «qizil» toifada bo‘lib, ustozidan erinmay sohaning sir-asrorlarini, jinoyatga moyilroq va profilaktika hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borishni o‘rgandi. Birinchi yildanoq mahallani «qizil» toifadan «yashil» toifaga aylantirdi. Joriy yilning shu davrigacha esa jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. 

Lavhamiz qahramoni xizmat ko‘rsatayotgan mahalla tuman markazida joylashgan. Mahalla faollari bilan hamjihatlig-u hamkorligi hamda katta-yu kichikni birday hurmat-u e’zozlab kelayotganidan, leytenant 

M. Ahmedov tuman va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda hamda musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, 2022-yil viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasida 70 kg vaznda faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Yana shu yili «Eng yaxshi kitobxon» tanlovining respublika bosqichida IIVning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanganini alohida aytib o‘tish joiz. 

Bir so‘z bilan aytganda, leytenant Mavlud Ahmedov el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib xizmat qilmoqda. Uning xizmatidan esa aholi doimo minnatdor bo‘lib kelyapti. 

Mirzoqul AHADOV,

o‘z muxbirimiz.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:21
 
28
0
xs.uz

Toshkent bozorlarida toʻlov miqdorlari oʻzgardi

Toshkent shahar hokimi tomonidan poytaxtdagi bozorlar va savdo komplekslaridagi bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatiladigan xizmatlar narxlarini yangi miqdorlarda joriy etish haqida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, Sergeli mashina bozori, Oʻrikzor savdo kompleksi va boshqa bozorlardagi savdo faoliyati uchun undiriladigan toʻlovlar oʻzgartirildi.Yangi tariflar savdo rastalari ijarasi va turli xizmatlar uchun belgilangan. Shuningdek, ayrim mahsulotlar savdosi uc

19 Feb 00:21
 
36
0
xs.uz

Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi

Bildirilishicha, ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi toʻgʻrisida yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.'Ish haqi va pensiyalar toʻgʻrisidagi rasmiy axborot tegishli davlat organlarining rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi. Ishonchli manbalarga tayaning va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmang', deyiladi xabarda.

28 Feb 01:18
 
16
0
xs.uz

Yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori

Kuni kecha mazkur loyiha doirasida to'g'on yuvish galereyasida yemirilishga chidamli va mustahkamlik darajasi yuqori bo'lgan (M800) beton quyish ishlari amalga oshirildi.'Suv omboridan yillik qattiq oqimni (suvda erigan va tubda to'plangan cho'kindilar) yuvish jarayonida umumiy hajmi 1 mln.m³ bo'lgan suv GES binosi va beton to'g'on ichida joylashgan yuvish galereyasi orqali o'tkaziladi. Bu jarayonda yuvish galereyasi inshootining kontakt yuzasiga katta gidrostatik yuklama ta'sir qiladi.Asosiy i

31 Jan 15:21
 
51
0
xs.uz

Dollar, rubl va yevroning rasmiy kursi pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 30-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 6,64 soʻmga pasayib, 12 968,34 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 48,43 soʻmga pastlab, 13 492,26 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,74 soʻmga tushdi va 132,32 soʻmni tashkil qildi.