O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Shodiyor kelgusida huquqshunos bo‘lish istagi bilan 1998-yili Samarqand davlat universitetiga sirtdan o‘qishga kirdi. O‘sha yili yana bir orzusi ro‘yobga chiqdi: u Guliston shahar IIB 2-mavze profilaktika inspektori lavozimiga xizmatga qabul qilindi.
Lavhamiz qahramoni yangi vazifa, yangi mas’uliyat oldida dovdirab qolmadi. O‘sha yillar Guliston shahri markazidagi ushbu mavzeda ko‘plab millat vakillari istiqomat qilar, bu kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir etardi. Ichkilikbozlik, bezorilikka qarshi kurashish asosiy vazifalardan biri hisoblanardi. Yosh leytenant mazkur vazifani a’lo darajada uddaladi. 2000-yilda uni Sirdaryo tumani IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektori lavozimiga o‘tkazishdi. Uning bu lavozimdagi faoliyati ham muvaffaqiyatli kechdi.
2002-yilda Guliston shahar IIB JQB katta tezkor vakili lavozimida ish boshlagan Shodiyor Ibragimov ko‘plab jinoyatlarni ochishda jonbozlik ko‘rsatdi. O‘z ishining ustasi bo‘lib yetishishida viloyat IIB JQBda faoliyat ko‘rsatgan ustozlari –
podpolkovniklar Rahim Aripov va Haydar Mirzabekov katta o‘rin tutdi. Ustozlarning o‘gitidan chiqmagan Shodiyor uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlarga salmoqli hissa qo‘shdi.
O‘shanda firibgarlik, tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlardan birini fosh etish oson kechmayotgandi. Shodiyor tezkor ma’lumotlarni tahlil qilish orqali jinoyatchilarning iziga tushgan edi. Nihoyat,
2002-yilning kuzida Gulistondagi yog‘-ekstrakt zavodi yaqinida o‘tkazilgan operatsiyada tovlamachilar qo‘lga olindi.
Shodiyor Ibragimov xizmat pillapoyalaridan o‘sishda davom etdi. 2004-yilda Mirzaobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2006-yilda tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 2009–2012-yillarda esa Sayxunobod, Guliston tumanlarida IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik viloyat IIB tizimida turli lavozimlarda ishlagan Shodiyor Ibragimov ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladi. O‘z vaqtida Oqoltin tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Jahongir Haydarov, Sirdaryo, Sardoba tumanlari IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Rustam Qorabekovlar shular jumlasidandir.
– Shodiyor Ibragimov o‘ta mas’uliyatli xodim, – deydi viloyat IIB JQB tezkor vakili, podpolkovnik Rustam Qorabekov. – Shuning uchun ham uni ko‘pchilik hurmat qiladi. U biz, shogirdlar ichki ishlar organi xodimi bo‘lib shakllanishimizga qimmatli maslahatlari, yo‘l-yo‘riqlari bilan katta hissa qo‘shgan.
Hozirgi vaqtda podpolkovnik Sh.Ibragimov Guliston shahridagi 3-sonli IIBda boshliq lavozimida xizmat qilmoqda. O‘n olti nafar xodim faoliyat ko‘rsatadigan mazkur bo‘lim xizmat qiladigan hududda 6 ta mahalla bor. Ushbu mahallalarning barchasi «yashil hudud» toifasida.
U baxtli oila sohibi. Turmush o‘rtog‘i bilan 5 nafar farzandni voyaga yetkazdi. 2 o‘g‘il ota izidan ketgan. Ulardan kattasi Shahboz Usmonov viloyat IIB JXX JTSB PPX safdor xodimi, ikkinchi o‘g‘il Abbos esa IIV Akademiyasi ikkinchi bosqich kursanti.
– Biz otam bilan faxrlanamiz, – deydi Shahboz Usmonov. – Undan o‘rnak olishga, hayotiy va kasbiy tajribasidan ko‘proq bahramand bo‘lishga harakat qilamiz.
Darhaqiqat, o‘z umrini el-yurt osoyishtaligi yo‘liga sarflagan insonning ezgu xislatlari ko‘pchilik uchun namunadir.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
o‘z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Oyning oxirgi sanasida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 2,58 soʻmga tushib, 12 877.37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,16 soʻmga pasayib, 13 501,92 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,52 soʻmga tushdi va 148,17 soʻmni tashkil qildi.
Toshkentda bugʻdoy zang kasalligiga qarshi kurash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi
Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan bugʻdoy zang kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha seminar tashkil etildi.Ushbu tadbirda hukumat vakillari, tadqiqotchilar, naslchilik va urugʻchilik mutaxassislari hamda qishloq xoʻjaligi sohasidagi asosiy manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Seminar bugʻdoy zang kasalliklarini samarali boshqarish uchun milliy salohiyatni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikn
Oʻzbekiston oziq-ovqat eng arzon davlatlar yigirmaligiga kirdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston oziq-ovqat narxlari indeksi boʻyicha dunyodagi 139 ta mamlakat orasida 18-pogʻonada qayd etildi. Bu haqida 'Numbeo' veb-sayti tomonidan tuzilgan statistikada maʼlumot berilgan.Unga koʻra, Oʻzbekiston oziq-ovqat narxlari indeksi 26,6 ballni tashkil etib, dunyo mamlakatlari orasida kuchli yigirmatalikdan joy oldi.Oziq-ovqat narxlari indeksi har yili turli davlatlardagi isteʼmol savatchasining nisbiy qiymatini aks ettiradi hamda Nyu-Yorkdagi na
2024-yilda Xitoydan Oʻzbekistonga qancha turist, qanday maqsadlarda tashrif buyurgan?
2024-yil davomida Xitoydan Oʻzbekistonga 74 ming 304 nafar turistlar tashrif buyurgan. Bu haqida 'Statistika agentligi' maʼlumot berdi.Unga koʻra, 2024-yilda Xitoydan Oʻzbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari sayohat, xizmat yuzasidan, qarindoshlarini yoʻqlash, tijorat, oʻqish hamda davolanish boʻlgan.Eng koʻp turistlar sayohat maqsadida tashrif buyurgan boʻlib, ularning soni 57 ming 141 nafarni, undan keyingi oʻrinlarda qarindoshlarini yoʻqlash maqsadida kelganlar 1