2024-yilning qolgan davrida 500 ming aholi kambagʻallikdan chiqariladi. 2025-yilda-chi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida'gi Farmonini imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.
Toʻplangan tajriba asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat' tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi. Xususan, barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish, taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, yashash sharoitlarini yaxshilash, davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish kabilar ham majburiyatlar sirasiga kiradi.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig
Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi
Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo
Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk
Qoʻlda terilgan paxta narxi 2500 soʻm etib belgilandi
Qayd etilishicha, bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qoʻl terimi uchun) 1500 soʻmdan kredit mablagʻlari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelingan. Bu oʻz navbatida bir muncha qiyinchilik tugʻdirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqarayotgan edi.'Mazkur holatlarni har tomonlama hisoblab va undan keyin terimchilarni moddiy ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida bugundan boshlab