calendar 19 Aug 07:04
eye 34
comments 0
comments Manba: xs.uz

Messi maydonga tushmagan oʻyinda “Inter Mayami” AQSH liga kubogini tark etdi

image


MLSning amaldagi chempioni 'Kolambus Kryu' va Lionel Messi yetakchiligidagi 'Inter Mayami' oʻrtasidagi Liga kubogi 1/8 finali oʻyini yakunlandi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, 'Kolambus Kryu' turnirning chorak finaliga chiqdi.

Oʻyinda mezbonlar hujumchisi Diyego Rossi dubl qayd etdi. Yana bir golni Kristian Ramires kiritdi. 'Inter Mayami' safida Matias Roxas va Diyego Gomes gol urdi, urugvaylik hujumchi Luis Suares esa golli uzatmani amalga oshirdi.

'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi uchrashuvni oʻtkazib yubordi. 36 yoshli argentinalik futbolchi bir oy avval Kolumbiya bilan Amerika kubogi final uchrashuvida (1:0) oʻng toʻpigʻidan olgan jarohatidan haligacha tuzalmagan. Oʻshandan beri Messi 'Inter Mayami'dagi jamoadoshlari bilan mashgʻulot oʻtkazgani yoʻq.

Qayd etish kerakki, Ligalar kubogi MLS va Meksika Liga klublari oʻrtasidagi turnir hisoblanadi. Oʻtgan yili Messi 'Inter Mayami'ga aynan mana shu turnirdagi ilk sovrinini qoʻlga kiritishiga yordam bergan edi.

Avvalroq, 'Barselona'ni 'yutqazib berish'ga chaqirilgan jamoa yutib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov 'Parij-2024' yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgac

11 Aug 03:44
 
52
0
xs.uz

Hakamlarning tushunarsiz qarori ortidan Nikita Rafalovich uchinchi Olimpiadasida ham medalsiz qoldi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini davom ettirdi.Hamyurtimiz eronlik Arian Salimiga qarshi qiyin kechgan bahsda yutqazib qoʻygandi. Salimining finalga chiqishi esa unga bronza uchun oʻtish bahsida qatnashish imkonini bergandi.Nikita Rafalovich bronza uchun oʻtish bahsida Meksika vakili Karlos S

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo

26 Jul 10:21
 
53
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp