calendar 11 Aug 03:44
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hakamlarning tushunarsiz qarori ortidan Nikita Rafalovich uchinchi Olimpiadasida ham medalsiz qoldi

image
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini davom ettirdi.

Hamyurtimiz eronlik Arian Salimiga qarshi qiyin kechgan bahsda yutqazib qoʻygandi. Salimining finalga chiqishi esa unga bronza uchun oʻtish bahsida qatnashish imkonini bergandi.

Nikita Rafalovich bronza uchun oʻtish bahsida Meksika vakili Karlos Sansoresga qarshi oʻtkazdi. Birinchi raundda gʻalaba qozongan Nikita, ikkinchi va uchinchi raundda esa yutqazib qoʻydi. Qizigʻi shundaki, hakamlarning tushunarsiz qarorlari ortidan berilgan bir ball Karlosga gʻalaba olib keldi.

Shu tariqa ikkita Olimpiada qatnashgan hamyurtimiz uchinchi Olimpiadasida ham omadsizlikka duch keldi.

Avvalroq, 'Tokio-2020' gʻolibi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024'da kumush medaliga ega chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi xabarlariga ko'ra, ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jami 72 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ayni paytda mamlakat chempionatida Samarqand viloyati jamoasi a'zolari yetakchilik qilishmoqda.Shuningdek, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham sovrinli o'rinlar uchun da'vogarlik qilishmoqda.

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ

Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f