calendar 19 Aug 07:04
eye 30
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urib, jarohat yetkazdi

image
Toshkentdagi 'Bunyodkor' stadionida futbolchi Marlen Chobanov Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 11-avgust kuni Chilonzor tumani 'Bunyodkor' stadionida 'Bunyodkor' va 'Andijon' jamoalari oʻrtasida futbol uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Andijon futbol klubi aʼzosi Marlen Chobanov stadionning VIP boʻlimida oʻyinni tomosha qilgan.

Uchrashuv yakunlanganidan soʻng, soat 22:05 da futbolchi VIP boʻlimi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega boʻlmagan futbolchidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganini, chiqish uchun boshqa yoʻlakdan foydalanishi zarurligini aytgan.

Boshqarmaning taʼkidlashicha, Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik koʻrsatib, uning yuz qismiga qoʻli bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael

29 Jul 12:02
 
107
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k