calendar 19 Aug 07:04
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Bunyodkor” stadionidagi 2 bahs terma jamoa oʻyini sabab boshqa joyga koʻchirildi

image
Shu yilning 5-sentyabr sanasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH'2026 saralashi doirasida KXDR termasini qabul qiladi.

Bellashuvga 'Bunyodkor' arenasi mezbonlik qiladi.

'Xabaringiz bor, yozning chillasidan chiqish 'Bunyodkor' uchun ogʻir kechdi. Ayni vaqtda stadion parvarishi uchun masʼul tashkilotlar sentyabr oyiga qadar vaziyatni oʻnglash ustida ishlamoqda. Atrofi tribunalar bilan toʻliq oʻralgan stadionlar maysasi avgust oyining soʻnggi 10 kunligiga kelibgina oʻzini tiklashni boshlaydi. Bir yil muqaddam 'Bobur' arena foydalanishga topshirilayotgan vaqtda ham shunday muammo kuzatilgan, vaziyat sentyabrga kelib oʻnglangandi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining mundialga yoʻllanma olishi uchun barcha ish amalga oshirib kelinmoqda. Bunda kuz oyidagi rasmiy oʻyinlar davomida stadionning holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda Assosiatsiya, Liga va Superliga klublari oʻzaro kelishgan holda 17-turning 'Bunyodkor' arenada oʻtishi kerak boʻlgan ikki uchrashuvini istisno tariqasida 'Doʻstlik' stadioniga koʻchirishga qaror qildi. Endilikda OʻzFHM mazkur arenada VAR texnikasi ishlashi yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirishga kirishadi.

Shu tariqa 'Lokomotiv' ' 'Qizilqum' bellashuvi 24-avgust kuni, 'Bunyodkor' ' 'OKMK' uchrashuvi esa 27-avgust kuni 'Doʻstlik' stadionida oʻtadigan boʻldi. Liga 'Sport' telekanali bilan mazkur oʻzgarish yuzasidan kelishuvni amalga oshirgach, uchrashuvlar vaqti masalasida bir toʻxtamga keladi', deyiladi PFL matbuoti xizmati bergan xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov 'Parij-2024' yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgac

11 Aug 03:44
 
52
0
xs.uz

Hakamlarning tushunarsiz qarori ortidan Nikita Rafalovich uchinchi Olimpiadasida ham medalsiz qoldi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasidagi oʻz yurishlarini davom ettirdi.Hamyurtimiz eronlik Arian Salimiga qarshi qiyin kechgan bahsda yutqazib qoʻygandi. Salimining finalga chiqishi esa unga bronza uchun oʻtish bahsida qatnashish imkonini bergandi.Nikita Rafalovich bronza uchun oʻtish bahsida Meksika vakili Karlos S

26 Jul 10:21
 
53
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp

28 Jul 15:02
 
129
0
qalampir.uz

Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi

Bugun, 28 iyul kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida o‘tkazilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda Ergashevning promouteri “Salita Promotions” o‘z sahifasida ma’lum qildi. Ergashev jang doirasida yengil vazn toifasi bo‘yicha amerikalik Julian Smitga qarshi ringga ko‘tarildi. To‘liq 10 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra (95-94, 95-94, 94-95) amerikalik bokschi