Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevning Alisher Navoiyga haykal o'rnatish tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Qozog'iston poytaxti markazida muhtasham yodgorlik bunyod etilgani qozoq xalqining qardosh O'zbekistonga bo'lgan chuqur hurmatining yorqin ifodasi ekanini ta'kidladi.
Buyuk faylasuf va insoparvar shoir Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat o'zbek xalqiga, balki butun dunyoga tegishli noyob boylikdir. Navoiy asarlari XVI asrdayoq italyan va nemis tillariga tarjima qilingan bo'lsa, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha tillarida yangramoqda. Asrlar davomida hayotning o'ziga xos ensiklopediyasi bo'lgan uning ijodi millionlab insonlarni hayratga solib, ruhlantirib kelmoqda, dedi O'zbekiston Prezidenti.
Hazrat Alisher Navoiyning ulkan xizmati shundaki, u o'zbek adabiyotining va o'zbek adabiy tilining asoschisidir.
Haykali Toshkentning markaziy maydonlaridan birini bezab turgan qozoq xalqining buyuk farzandi, qozoq adabiyotining mumtoz namoyandasi Abay Qo'nonboyev Sharqning boshqa buyuk shoirlari qatori Alisher Navoiyni ham o'zining ustozi deb bilgan.
Navoiy va Abay ijodi abadiyat, do'stlik, muhabbat va sadoqat she'riyatidir. Ularning falsafiy qarashlari millatning ma'naviy yuksalishida bebaho manba hisoblanadi.
2020-yilda marhum qozoq shoiri Nesipbek Aytuli Alisher Navoiyning eng muhim asari - 'Xamsa'ni qozoq tiliga tarjima qilib, nashr etdi va ushbu kitobga so'zboshi shaxsan Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan yozildi.
Ishonchim komilki, Alisher Navoiy haykali ikki xalq o'rtasidagi do'stlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ramziga aylanadi, uning merosi esa yana ko'plab avlodlarni buyuk yutuqlarga ilhomlantiradi, dedi so'zining yakunida O'zbekiston Prezidenti.
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла