calendar 11 Aug 03:44
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Futbol muxlislari uchun chegirmalardan tortib, tasodifiy generatsiya yoʻli bilan beriladigan avtoraqamlargacha – 1-avgustdan nimalar oʻzgaradi?

image
Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi natijalarini qabul qilish muddati belgilanmoqda

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari va yosh tadbirkorlik subyektlarining'investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari'bajarilishi natijalarini qabul qilish kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida amalga oshiriladi.

Avtoraqamlar tasodifiy generatsiya yoʻli bilan beriladi

Oddiy davlat raqamlari 'Davlat raqam belgilari' moduli orqali tasodifiy avtomatik generatsiya yoʻli bilan'beriladi.

Ayrim yer uchastkalari auksionga chiqariladi

Tuman va shaharlarda zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar va savdo-koʻngilochar markazlar uchun yer uchastkalari'master-rejalar'asosida auksionga chiqariladi.

Talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn arizalarning qabuli boshlanadi

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joyiga'joylashish'onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Qoraqalpogʻistonda biznes-forum oʻtkaziladi

2024-yil avgust oyida'xalqaro biznes forum'oʻtkazilishi, Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda salohiyatli investorlarni jalb etib, kelishuvlar amalga oshirilishi, joriy yil yakuniga qadar esa ' 'Qoraqalpogʻistonda biznes qiling' dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Futbol muxlislariga poyezdlar uchun chegirmalar beriladi

2024-yil avgust ' oktyabr oylarida futzal boʻyicha Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, chempionat oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun'temir yoʻl chiptalariga'50 % miqdorida chegirmalar joriy qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 11:27
 
57
0
xs.uz

Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi

Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga 'ALP TEXNO SERVIS' xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natij

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

03 Sep 21:34
 
9
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,

20 Jul 17:35
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada harakatdagi mashinadan sakragan yigitni boshqa mashina bosib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarida yurib ketayotgan avtomashinadan tushib ketgan yigitni boshqa mashina bosib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 16-iyul kuni Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar koʻchasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi 'Damas' rusumli avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakrab yuborgan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning