calendar 28 Jul 22:06
eye 182
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij-2024. Omadsiz boshlangan Olimpiada

image

Germaniya yashil maydonlari mezbonlik qilgan Yevro tugadi, AQSHda o‘tkazilgan Kopa Amerika ham o‘z poyoniga yetdi. Endi butun dunyo sport ixlosmandlarining e’tibori 2 hafta davomida Fransiya poytaxti Parijga qaratiladi. Go‘zal Parij to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi Olimpiada o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi. Olimpiada hali boshlanmasdanoq Parijda sportchilar bilan bog‘liq, tashkilotchilik bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga chiqmoqda. Hali qarama qaysidir sportchi talon-taroj qilinadi, hali qarama ishtirokchi va murabbiylar Parijda ovqat yetishmayotganidan noliydi. Xullas, bu yilgi Olimpiada sportga xos ajoyib natijlaru, rekordlar bilan emas, balki mojaroyu muammolari bilan esda qoladi chog‘i. Assalomu alaykum. Ortda qolayotgan hafta sportiga oid trenddagi mavzular bilan QALAMPIR.UZ’da sport dayjesti. 

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi

Parijda davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida to‘p tepayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi farzandining betobligi bois, Parij shahrini tark etishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev Qozog‘istonning “Qayrat” klubi a’zosi hisoblanadi. Transfer narxi 800 ming yevroga baholangan futbolchi joriy mavsum klub safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Olimpiadadagi keyingi o‘yinini 27 iyul kuni Misr jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda.

Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo Live” restorani bu masalani hal qilishini bildirdi. 

“Biz sportchilarning fikr-mulohazalarini jiddiy qabul qilamiz va Olimpiya shaharchasidagi restoranlarning sig‘imini oshirishga, shuningdek, haqiqiy iste’molga moslashtirish uchun faol ish olib boryapmiz. Ba’zi mahsulotlar, masalan, tuxum va tovuq go‘shtiga sportchilarning ehtiyojlari ko‘pligi uchun yetkazib berish hajmi oshiriladi. O‘yinlar vaqtida sportchilarni ovqatlanishi uchun 600 tonna yangi oziq-ovqat yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan “Carrefour” kompaniyasi iste’mol hajmini hisob-kitobga olgan holda, rejalashtirilgan ta’minot hajmini oshirish masalasini qayta ko‘rib chiqadi”, deydi tashkilotchi.

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit yaratilgan.

“Shifokorlar va diyetologlar bilan kelishilgan holda atletlar uchun eng kerakli va foydali, vitaminlarga boy ovqatlar olib kelingan. Olimpiya shaharchasidagi sportchilarimizga kun davomida ana shunday taomlar tortiq qilinmoqda”, deyiladi MOQ xabarida.

Olimpiada bahslari uchun salkam 9 million chipta sotildi

Hozirga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga rekord miqdorda chiptalar sotildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sport direktori Kit Makkonnell ma’lum qildi.

“8,8 milliondan ortiq chiptalar sotildi – bu ajoyib ko‘rsatkich. Fransiyadagi sport musobaqalari uchun tarixdagi eng ko‘p chiptalar o‘z egasini topishi kutilmoqda”, deydi Makkonnell.

Qayd etish joiz, bu borada oldingi rekord 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasiga tegishli edi. AQSHda o‘tkazilgan musobaqalar uchun 8,3 million chipta sotilgan.

Ma’lumot uchun, Parijda o‘tkaziladigan bahslar tarixdagi 33-Olimpiada hisoblanadi. Shahar o‘z tarixida 3-marta yozgi sport o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bungacha 1900 va 1924 yillarda Olimpiada Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan.

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi.

“Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano.

Birinchi turda argentinaliklar Marokash terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, uchrashuv ikkinchi bo‘lim oxirida tartibsizliklar tufayli to‘xtatildi va ikki soatdan keyin bo‘sh tribunalar bilan davom ettirildi. Keyingi turda Argentina terma jamoasi birinchi turda Ukrainani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Iroq termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 27 iyul kuni Lionda bo‘lib o‘tadi va bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Olimpiya o‘yinlarining futbol bahslari 24 iyuldan 10 avgustgacha Fransiyaning yetti shahrida bo‘lib o‘tadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
118
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.

04 Jun 02:45
 
148
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.