calendar 27 Jul 16:55
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lganlar ushlandi

image

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan tadbirlarda AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 32 yoshli shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana” yo‘nalishida AQSHga yuborishga va’da qilgan. Shuningdek, u viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytgan.  U bunday “xizmatlari” evaziga 334 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQSHga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va viza olib berishni va’da qilgan. U o‘z “xizmati” evaziga 42 ming AQSH dollari talab qilgan va oldindan 28 800 AQSH dollari olayotgan vaqtda ushlangan.

Shu bilan birga, Samarqand shahrida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan shaxs  Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, uni “Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika” yo‘nalishida aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 17 500 AQSH dollari talab qilgan. U oldindan 6 ming AQSH dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa holatda esa Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi shaxs 1989 yilda tug‘ilgan Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 6200 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug‘ilgan shaxs jizzaxlik fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishni va’da qilib, 2023 yilning aprel-may oylarida 14 300 AQSH dollarini olib, uni aylanma yo‘llar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborgan.  Vaziyatni o‘nglash, ya’ni uni Amerikaga o‘tkazish uchun uning otasidan qo‘shimcha 6700 AQSH dollari talab qilgan.  U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘timiz,  avvalroq Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 15:16
 
68
0
qalampir.uz

Nukusda oliygoh direktori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.   Qayd etilishicha, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga k

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Polshada 2 o‘smirni pichoqlagan o‘zbekistonlik aslida jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi

Avvalroq, Polshada o‘zbekistonlik erkak 15 yoshli ikki o‘smirga pichoq bilan hujum qilgani xabar qilingandi. Biroq u mazkur holatda jabrlanuvchi bo‘lib chiqdi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi.  “Xorijiy OAV vositalarida O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan tarqalgan ma’lumotlarga oydinlik kiritish hamda hamyurtimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Varshava huquq-targ‘ibot idoralari bilan muloqot olib bor

15 Jul 12:03
 
39
0
qalampir.uz

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet ertaga, 15 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa mu