calendar 27 Jul 15:44
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Abituriyentlarning deyarli yarmi testdan yiqildi

image

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun topshirilgan bu yilgi imtihonlarda abituriyentlarning deyarli yarmi testdan yiqildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, imtihonlar 12 kun davom etgan bo‘lib,  737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashgan. Bu o‘tgan yilgidan 151 mingga kam. Ruxsatnoma chiqarilgan 65 243 nafar abituriyent imtihonga kelmagan. Testdan chetlatilganlar  soni 94 nafarni tashkil qilgan. Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 ballni ham to‘play olmagan. 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1%) tashkil qilgan.

Bu yil eng ko‘p abituriyentlar Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Eng yuqori o‘rtacha ballar Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar kesimida o‘rtacha ballar quyidagicha:

  • Buxoro viloyati – 75,9 ball;
  • Toshkent shahri – 74,6 ball;
  •  Farg‘ona viloyati – 69,9 ball;
  •  Namangan viloyati – 68 ball;
  •   Xorazm viloyati – 68 ball;
  •  Navoiy viloyati – 67,2 ball;
  •   Samarqand viloyati – 67 ball;
  •  Qashqadaryo viloyati – 65,9 ball;
  •  Jizzax viloyati – 65,5 ball;
  •  Surxondaryo viloyati – 64,7 ball;
  •  Toshkent viloyati – 64 ball;
  •  Andijon viloyati – 63,5 ball;
  •  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 63,3 ball;
  •  Sirdaryo viloyati – 62,8 ball.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib,  endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlangani ma’lum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

19 Aug 07:03
 
22
0
xs.uz

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni'imzolagan.Ma'lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016'2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi (video)

Surxondaryo viloyatida Damas avtomobili Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida Sariosiyo tumanining “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasiga urilgan. So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanma