calendar 26 Jul 19:12
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Obama va rafiqasi saylovda Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi (video)

image

Oq uyning sobiq rahbari, AQSHning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda demokrat, vitse-prezident Kamola Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Sobiq prezident hamda Mishel Obama ushbu xabarni yetkazish uchun Harrisga qo‘ng‘iroq qilgan. Telefondagi suhbat aks etgan video vitse-prezident Harrisning saylov kampaniyasi tomonidan e’lon qilindi.
 

“Men va Mishel seni qo‘llashdan faxrlanamiz. Sen saylovdan o‘tib Oval kabinetga borishing uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, degan Barak Obama.

Obamaning rafiqasi esa Harris bilan faxrlanishini bildirib, bu vaqtlar juda katta tarixiy voqea bo‘lishini aytgan.

“Ovozlaringizni eshitganimdan xursandman. Dag va men buni rosa kutgandim. Sizlar aytgan gaplar hamda do‘stlik qo‘llovi meni juda ruhlantirdi. Buni ta’riflay olmayman. Katta rahmat”, deya javob qaytargan Kamola Harris.

Qayd etish joizki, oldinroq demokratlar orasida Obamaning rafiqasi Mishel Obama ham potensial prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Obama esa 2009-2017 yillardagi prezidentlik davrida vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Baydenni ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishiga qarshi chiqqan.

“Sky News”ning yozishicha, Oq uyning amaldagi rahbari – Jo Baydenning o‘z o‘rniga Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishini mamlakatning 42-prezidenti Bill Klinton hamda uning rafiqasi, 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ygan Xillari Klinton, shuningdek, Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi ham olqishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchiligi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

Trampga uyushtirilgan suiqasdga dunyo liderlari qanday munosabat bildirdi?

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oq uy sobiq rahbarining hayotiga qilingan tajovuzga dunyo mamlakatlarining rasmiylari qanday munosabat bildirdi? Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti “Trampni otishganini qoraylayman. To‘g‘risi, suiqasddan dahshatga tushdim. Bunday  zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi va dunyoning hech bir joyida

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid

20 Jul 10:36
 
63
0
qalampir.uz

Urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkin – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning oxirigacha urushning qiyin davri yakunlanishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Prezident BBC'ga bergan intevyusida so‘z ochdi. “O‘ylaymanki, agar biz hamjihatlikda harakat qilsak va tinchlik sammiti formatiga amal qilsak, urushning qizg‘in bosqichiga yil oxirigacha barham berishimiz mumkin”, deydi Ukraina rahbari. Zelenskiy, shuningdek, rasmiy Londonni Rossiya hududidagi zarbalar bo‘yicha cheklovlarni olib tashla

10 Jul 14:57
 
63
0
qalampir.uz

Prezidentning dabdabali “Marry me” qilgan bo‘lajak kuyovi hibsga olindi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurkojoyevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i giyohvand moddalarni sotishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “24.kg” xabar berdi.  Huquq-tartibot idoralari xodimlari Aftandil Sabirbekovni narkotik moddalarni sotishda gumon qilib, hibsga olgan. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Aftandil Sabirbekov allaqachon tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Eslatib o