calendar 20 Jul 10:36
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkin – Zelenskiy

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning oxirigacha urushning qiyin davri yakunlanishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Prezident BBC'ga bergan intevyusida so‘z ochdi.

“O‘ylaymanki, agar biz hamjihatlikda harakat qilsak va tinchlik sammiti formatiga amal qilsak, urushning qizg‘in bosqichiga yil oxirigacha barham berishimiz mumkin”, deydi Ukraina rahbari.

Zelenskiy, shuningdek, rasmiy Londonni Rossiya hududidagi zarbalar bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashda yordam berishga chaqirgan. U agar Kiyevning ittifoqchilari Moskvaga bosim o‘tkazsa, urush diplomatik yo‘l bilan muzokaralar stolida tugatilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Bu barcha hududlarni jangda zabt etish kerak degani emas, men bunga diplomatiya orqali erishishni xohlayman”, degan u intervyuda.

BBC bilan suhbatda Ukraina Prezidenti yana bir bor ta’kidladiki, Rossiya hujumlarini qaytarish uchun Kiyev Rossiya hududida G‘arb qurollarini masofani cheklamay qo‘llash uchun ruxsat olishi kerak. U bunday ruxsatni Buyuk Britaniya yordamida olishga umid qilmoqda.

“Shunchaki ular bizga qarata o‘q uzayotgan nuqtaga aniq zarba berishni istaymiz”, dedi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Zelenskiy shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari vaqtida AQSH ma’muriyatining ehtimoliy o‘zgarishiga ham izoh berib, Kiyev bu lavozimga kim saylanishidan qat’i nazar, AQSHning istalgan prezidenti bilan ishlashga tayyorligini aytdi.

“Agar Donald Tramp g‘alaba qozonsa, uning ma’muriyati bilan hamkorlik qilish og‘ir kechadi, lekin biz mehnatkashmiz va mehnatdan qo‘rqmaymiz”, deb ta’kidladi Zelenskiy.

Trampning, agar Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga saylansa, Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi bo‘lgan Ogayo shtatidan senator Vensni vitse-prezident etib tayinlash haqidagi qaroriga ishora qilib, Zelenskiy:

“Balki u haqiqatan ham Ukrainada nimalar bo‘layotganini tushunmayotgandir, nima bo‘lganda ham biz AQSH bilan ishlashimiz kerak”, degan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etgandi. Shuningdek, u Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tqazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
80
0
qalampir.uz

Xitoy Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Xitoy kecha, 12 iyul kuni Rossiya bilan janubiy qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. Bu NATOning Vashingtondagi sammiti va Yaponiyaning Pekin va Moskva o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli kuchayib borayotgan tahdid haqidagi ogohlantirishidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Xitoy Mudofaa vazirligi dengizda “O‘zaro hamkorlik 2024” mashg‘ulotlari iyul oyi boshida boshlangan va oy o

11 Jul 15:12
 
67
0
xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

Ukrainaga havo qurollari kerakAQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina

20 Jul 17:41
 
48
0
qalampir.uz

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yakunlanishiga oz qoldi – Blinken 

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va hali ham ba’zi muammolarni hal qilish kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtondagi 2024 Aspen xavfsizlik forumida ma’lum qildi.  “Muzokaralar yakuniy bosqichga yetdi. Lekin biz bilamizki, oxirgi bosqich eng qiyini bo‘ladi”, deydi Blinken. U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni yakunlash istagida ekanligini, biroq shunchaki kelishuvga erishishning o‘zi

23 Jul 09:27
 
44
0
qalampir.uz

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.   Mashqlarda Kaspiy flotiliyasining SB-45 qutqaruv kemasi ishtirok etmoqda. “Shartli ravishda shikastlangan kemaga yordam berish, suvda bo‘lgan ekipajni qidirish va qutqarish, shuningdek favqulodda kemani tortib olish ko‘nikmalari ishlab chiqilmoqda”, deyiladi xabarda. Shuningdek, SB-45 kemalar va qirg‘oq inshootlaridagi yong‘inlarni o‘chi