calendar 11 Jul 15:12
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

image
Ukrainaga havo qurollari kerak

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.

Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina Qurolli kuchlariga yuzlab tutuvchi raketalarni topshirishga vaʼda berdi.

'Ittifoqchilar koalitsiyasi Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishga kelishib oldi', deyiladi Oq uy bayonotida.

'Urush Ukraina erkin va mustaqil davlat boʻlib qolishi bilan tugaydi. Rossiya gʻalaba qozonmaydi. Ukraina gʻalabaga erishadi', degan Jo Bayden.

Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning 'Politico' nashriga aytishicha, sammitdagi Ukraina delegatsiyasi Rossiya hududiga zarbalar berish uchun AQSH qurollaridan foydalanishga qoʻyilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga erishmoqchi. Hozirda Kiyev uzoq masofali raketalardan Qrimga zarba berish uchun foydalanmoqda.

'The Wall Street Journal' nashri xabariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujumlar uchun bir qancha turdagi raketa tizimlari va artilleriyadan foydalanishga ruxsat berdi.

Isroilning Gʻazo lageriga hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.

Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hududga 3 mingga yaqin odam toʻplangan.

Isroil harbiylari dastlabki uchta zarbani HAMAS siyosatchilari, politsiya jangchilari baza sifatida foydalangani uchun amalga oshirganini aytdi.

Xitoy va Rossiya qoʻshma mashgʻulot boshladi

Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari shu hafta Osiyo hududida qoʻshma dengiz mashgʻulotlari oʻtkazib, NATOga qarshi birlashgan kuchlarini koʻrsatmoqda. Bu harakat NATO yetakchilarining Rossiyaning davom etayotgan harbiy harakatlari fonida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Vashingtondagi yigʻilish bilan bir davrga toʻgʻri keldi.

TASS xabariga koʻra, Rossiyaning 'Rezkiy' va 'Gromkiy' nomli ikki harbiy kemasi Vladivostokdan Osiyo'Tinch okeani mintaqasidagi mashgʻulotlarda qatnashish uchun joʻnatilgan. Bu kemalar suv osti kemalariga qarshi, havo hujumidan mudofaa va sabotajga qarshi mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Yaponiya mudofaa vazirligi ushbu kemalarning Susima boʻgʻozidan oʻtib, Yapon dengizidan Sharqiy Xitoy dengizi tomon harakatlanayotganini aniqladi. Rossiyaning yana bir 'Kareliya' aygʻoqchi kemasi, ham Sharqiy Xitoy dengiziga ketayotgani radarlarga tushib qolgan. Ammo uning mashgʻulotlarda ishtiroki nomaʼlum.

Bu harakatlar AQSH prezidenti Jo Bayden NATO yetakchilarini, jumladan, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yolni qabul qilgan paytga toʻgʻri keldi. Sammit NATOning Yevropadagi qarorini Osiyodagi muammolar, xususan, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, NATOning yangi kotibi boshchiligidagi tashkilot Yevropaga hech qanday naf keltirmaydi. Chunki Mark Ryutte Vashington bosimi bilan tanlangan.

Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari bor

Rossiyaning harakatlari sovuq urushning yangilanishiga olib keldi. Ushbu fikrlarni Polsha prezidenti Anjey Duda 'Politico' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyatda AQSH emas, balki Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari aybdor.

Polsha rahbari Vashingtondagi NATO sammitini sharhlar ekan, alyansning kuchi va birligini koʻrsatish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Duda Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi gʻalabasi oqibatlarini bashorat qilgan edi. Uning fikricha, bu holda Moskva boshqa mamlakatlarga 'hujum qilishi' mumkin, ular orasida, uning fikricha, Polsha ham boʻlishi mumkin.

Oʻz navbatida, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtondagi sammitdagi nutqida Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi alyans uchun eng katta xavf, deb atadi va buning oldini olishga chaqirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga