calendar 26 Jul 10:19
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

image

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi. 

Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

“Diniy mazmundagi so‘zlar, atamalar, ta’riflar ro‘yxati va ulardan foydalanish tartibi Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”, deyiladi tuzatishlarda.

Jogorku Kenesh hujjatni 27 iyun kuni qabul qilgan. “Kaktus.kg” qonun loyihasi tashabbuskori deputat Marlen Mamataliyev ekanini yozdi. Uning tushuntirishicha, moliyaviy piramidalar tashkilotchilari diniy nomlardan foydalanadi, dinga murojaat qilish esa yuridik shaxsning ishonchliligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otadi.

Deputat misol tariqasida 14 ta uy-joy kooperativi tashkilotchilari, jumladan, “Ixsan Grup LTD”, “Muslim”, “Amanat” va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini keltirdi. Bungacha mamlakatda uy-joy kooperativlari faoliyatiga qarshi bir necha bor mitinglar o‘tkazilgan, ularning hissadorlari mablag‘larini qaytarishni talab qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

Rossiyaning sobiq prezidenti Germaniyaga qattiq tahdid qildi

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' ijtimoiy tarmoqdagi postida Germaniyan

23 Jul 10:39
 
50
0
xs.uz

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri mamlakat armiyasidagi jiddiy muammolar haqida maʼlum qildi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili mamlakat qurolli kuchlari qator jiddiy muammolarga duch kelayotganini aytdi.Shu oʻrinda u quruqlik, dengiz va havo kuchlari qiyinchiliklarga duch kelayotganini alohida taʼkidladi.Vazirning aytishicha, hozir armiyada kuchning kamayishi, behuda xaridlar, past maʼnaviyat, ishga olish va ushlab turish inqirozi hamda faxriylar oʻzlari munosib xizmatlardan foydalana olmasligi kabi muammolar mavjud.Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda yangi leyboristlar hukum

12 Jul 12:07
 
85
0
qalampir.uz

NATO sammitida 24 davlat yetakchilari “Ukraina shartnomasi”ni imzoladi

Vashingtondagi NATO sammiti doirasida “Ukraina shartnomasi” deb nomlangan hujjat qabul qilindi. Uni imzolagan rahbarlar tashabbuslar to‘plamini amalga oshirishga va’da berdi. Hujjat matni Yevropa Komissiyasining veb-saytida e’lon qilindi. Hujjatni jami 24 davlat Prezidentlari va Bosh vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi rahbarlari imzolagan. Mamlakatlar “kelajakda Rossiya hujumi” sodir bo‘lgan taqdirda yuqori darajada uchrashishga va Ukrainani qo‘llab

11 Jul 15:12
 
121
0
xs.uz

Fethiye: madaniyat va tabiatning mukammal uygʻunligi

1. OʻlidenizFethiyeni Oʻlidenizsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun dunyoga mashhur ushbu plyaj oʻzining firuza rang shaffof dengizi va oq qumlari bilan barchani hayratda qoldirmoqda. Oʻlidenizda paraplanda uchib, yuqoridan bamisoli qush kabi ajoyib manzarani tomosha qilish va sokin suvlarda suzish kabi zavqli mashgʻulotlar bilan taʼtilni maroqli oʻtkazish mumkin.2. Likiya yoʻliFethiyening Likiya yoʻli tabiat qoʻynida sayr qilishni sevuvchilar va trekking ixlosmandlari uchun munosib ma