calendar 26 Jul 12:12
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi

image

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981 yilda tug‘ilgan shaxs yetkazishi kerak bo‘lgan, ammo ota bu ish uchun 17 yoshli farzandini yuborgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada 9,8 ming dona “Zardeks”, 250 dona “Aminometil” hamda 15 dona “Tropikamid” (qora bozordagi narxi 857 mln so‘mlik) kuchli ta’sir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida xonadonda saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251/1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 18:48
 
61
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Japarov Xivada tarixiy obidalarni ziyorat qildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 19 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Xiva shahridagi Ichan-qal’a qo‘riqxonasi davlat tarixiy-arxitektura muzeyi va Nurillaboy saroyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentlarga birinchi xonimlar – Ziroat Mirziyoyeva hamda Oygul Japarova hamrohlik qildi. Ma’lumot uchun, 1990 yilda Xiva shahri UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga

15 Jul 12:03
 
73
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining Telegram-kanalida xabar berildi. Qayd etilishicha, kecha, 12 iyul kuni Olmaota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Bosh vazirlari Oljas Bektenov va Abdulla Aripov raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi arafasida tomonlar

15 Jul 12:03
 
75
0
qalampir.uz

Bir uyda yashaydigan oilalarning har biriga elektr uchun alohida hisobraqam ochilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda bitta xonadonda yashovchi ko‘p oilalarning har biriga elektr energiyasi bo‘yicha alohida hisobraqam ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qildi. G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bitta xonadonda to‘rttagacha istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud.  “O‘zbekistonda bitta kadastrga, ya’n

17 Jul 13:23
 
197
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidenti 2 kunlik davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.Oʻzaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini