calendar 15 Jul 12:03
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, kecha, 12 iyul kuni Olmaota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Bosh vazirlari Oljas Bektenov va Abdulla Aripov raisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-majlisi bo‘lib o‘tgan.

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi arafasida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashgan va ikki davlat rahbarlarining kelishuvlarini amalga oshirish tadbirlarini ko‘rib chiqqan. Xususan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, suv-energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning holati muhokama qilingan.

Bildirilishicha, Markaziy Osiyodagi umumiy savdo aylanmasining 57 foizi Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilning 4 oyida uning hajmi 1,2 milliard dollardan oshgan. Sanoat kooperatsiyasi 3,1 milliard dollarlik 69 ta loyihani amalga oshirish, 14,7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati 217 million dollarlik 12 ta qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 4,5 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Ayni paytda 178 million dollarlik 3 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. 

“O‘zbekiston biz uchun do‘st, qo‘shni, ittifoqchi va qardosh davlatdir. Ikki mamlakat Davlat rahbarlari hukumatlarimiz oldiga o‘rta muddatli istiqbolda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifa qo‘ydi. Bu yo‘nalishda biz agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat sanoatida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi darajasini oshirishdan manfaatdormiz”, deydi Oljas Bektenov.

O‘z navbatida, Abdulla Aripov Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda strategik sheriklik va ittifoqchilik asosida jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

“Barcha sohalarda ijobiy o‘sish kuzatilmoqda. Bu qardosh xalqimiz manfaatlariga to‘la javob beradi. Bunday yuksak darajadagi hamkorlikning muhim omili, shubhasiz, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlardir. Ishonamanki, bugungi uchrashuv va erishilgan kelishuvlar hamkorligimizga qo‘shimcha turtki beradi”, deydi Abdulla Aripov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Majlisining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Oygul Kuspan shu yilning avgust oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan borib, Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisida ishtirok etishini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
39
0
qalampir.uz

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi (video)

Surxondaryo viloyatida Damas avtomobili Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida Sariosiyo tumanining “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasiga urilgan. So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘

26 Jul 10:20
 
78
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

26 Jul 10:20
 
26
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

27 Jul 15:59
 
93
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi YTHda 74 yoshli haydovchi vafot etdi

Kecha, 26 iyun kuni Farg‘ona viloyatida “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi Cobalt’ga urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 14:30 larda 1950 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. “Vaz-2106” rusumli avtomobilida 4R-112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 228-kilometrida qayrilib olish joyida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1987 yilda tug‘ilgan hayd