calendar 15 Jul 12:03
eye 97
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bir uyda yashaydigan oilalarning har biriga elektr uchun alohida hisobraqam ochilishi kutilmoqda

image

O‘zbekistonda bitta xonadonda yashovchi ko‘p oilalarning har biriga elektr energiyasi bo‘yicha alohida hisobraqam ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 11 iyul kuni o‘tkazilgan press-turda “Hududiy elektr tarmoqlari” boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Alvar G‘aybullayev ma’lum qildi.

G‘aybullayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bitta xonadonda to‘rttagacha istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud. 

“O‘zbekistonda bitta kadastrga, ya’ni bir xonadonga bitta hisobraqam beriladi. Bugungi kunda bitta kadastr ostida yashayotgan to‘rttagacha oilalar ham bor. Bunday xonadonda istiqomat qiladigan oilalar bir oyda hech qanaqasiga 200 kVt/soat elektr energiyasi ishlata olmaydi, kamida 800 kVt/soat elektr ishlatadi. Biz bu bo‘yicha ham o‘z takliflarimizni berganmiz, buning ham yechimini topishimiz kerak, hal qilinmasa bo‘lmaydi”, dedi HET boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari.

U yechim sifatida qanday taklif kiritilishi haqida aytib berdi.

“Masalan, bitta xonadonda uch yoki to‘rtta oila yashayapti. Bizning taklifimiz shundayki, o‘sha oilalarga alohida-alohida hisobraqam ochish yoki ijtimoiy soha bilan bog‘lagan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda yechim topib berish, ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtojligi sababli to‘rtta oila bitta hovlida turibdi, biz ularga 200 kVt/soat emas, 800 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgani uchun katta pul hisoblab qo‘yyapmiz. Shu kabi holatlarga adolatli yechim topish uchun taklifimizni berganmiz: bitta oilaga bitta hisobraqam ochish kerak, ya’ni xonadon kadastri bitta va uning pastida cubiste’molchi sifatida alohida hisob-kitob qilish kerak. Bu masalaga baribir yechim topiladi”, dedi G‘aybullayev.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust sanasidan boshlab elektr energiyasini hisoblashda yangi billing tizimiga o‘tilishi aytilgandi. Shuningdek, noyabr oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi to‘lovi to‘lab berilishi bildirilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
29
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
33
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

20 Mar 12:53
 
30
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

26 Feb 17:05
 
47
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladilar.Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:- Fan, texnika va innovatsiyalar