calendar 26 Jul 10:21
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

image
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.

'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli yot qarashlar, gʻoyalar, hissiyotlar singdirilmoqda. Taʼkidlash kerakki, tadbir tashkilotchilari tomonidan goʻyoki maʼrifiy deb hisoblanadigan koʻp sonli yigʻinlar, uchrashuvlar, oʻquv va suhbatlar maxsus bilim va tajribaga ega boʻlmagan, asosiy maqsadi yolgʻon yoʻli bilan pul ishlash boʻlgan soxta trenerlar va lektorlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda', degan maʼruzachi OʻzLiDeP deputati Shahnoza Xolmahamatova.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday tadbirlarda koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik, huquqbuzarliklar targʻib qilinib, tinglovchilar ongini manipulyatsiya qilish holatlari koʻpaymoqda.

Deputat hozirda bunday faoliyatni toʻxtatish, taqiqlash yoki tartibga solishning iloji yoʻqligini taʼkidladi. Chunki amaldagi qonunchilikda maʼruza, taqdimot, seminar, mahorat darsi, kurs, leksiya, marafon va davra suhbati tarzida oʻtkaziladigan faoliyat turlari aks ettirilmagan.

Deputatlar birinchi qoidabuzarlik uchun qanday jarima nazarda tutilganini eʼlon qilishmadi, biroq takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jismoniy shaxslar BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 million soʻmdan 5,1 million soʻmgacha), mansabdor shaxslar esa BHMning 15 baravaridan 20 baravargacha (5,1 mln soʻmdan 6,8 mln soʻmgacha) jarimaga tortiladi.

Avvalroq, endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerakligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:15
 
65
0
xs.uz

Meʼyordan ortiq yuk ortgan yuk mashinalari nazoratga olindi

' Bu yoʻldan bir kecha kunduzda 65-70 mingga yaqin transport vositalari harakatlanadi, ' deydi avtomobil va suv transportida nazorat Namangan hududiy boʻlimi bosh inspektori Sanjarbek Qayumov. ' Ularning bir qismi ogʻir yukli avtomashinalar ekani inobatga olinsa, vazn va hajm cheklovi nazoratini doimiy olib borish zarurati koʻzga tashlanadi. Chunki, yoʻl harakati qoidasining ayni yoʻnalishdagi bandini qoʻpol ravishda buzib, boshqa qatnashchilarga ham xavf tugʻdirayotgan haydovchilar koʻ

20 Jul 12:37
 
64
0
xs.uz

Toshkent viloyatida yaralangan laylak aholi xonadoniga kelib qoldi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro xonadoniga yaralangan laylak kelib qoldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.Qayd etilishicha, joriy yilning 16-iyul kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan murojaatga asosan joyiga chiqib oʻrganish ishlarini olib borilgan.Oʻrganish davomida Zangiota tumani Bogʻzor MFY Harbiylar koʻchasida yashovchi fuqaro oʻz xonadoniga laylak oʻng qanoti yaralangan holda kelib qolganl

11 Aug 03:43
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.Joriy yil iyul oyida Toshkentda bo'lib o'tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari ko'rgazmasining sa

14 Aug 06:37
 
19
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik