calendar 26 Jul 10:20
eye 38
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda turizm geografiyasini kengaytirish: istiqbol va imkoniyatlar

image
Samarqand uzoq yillar davomida tarixiy shahar sifatida sayyohlarni jalb etgan boʻlsa, endilikda turizmning boshqa yoʻnalishlari, xususan, ekoturizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.



Joriy yil boshida Prezident qarori asosida Samarqand tumanida 'Ohalik ' Oqboʻyro ' Mironqul' turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishga kirishildi. Hozirgi vaqtda tumandagi uchta hududda yirik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 73 million dollarlik 130 ta birlamchi loyiha shakllantirilgan. Misol uchun, uzunligi 6 kilometr, 3 ta toʻxtash stansiyasidan iborat osma dor (kanat) yoʻli loyihasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, 110 ming sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega modulli dam olish maskanlari, mehmonxona, kemping, eko-uy va bogʻlar, choʻmilish havzalarini oʻz ichiga olgan 40 ta loyiha taklif etilyapti.

Bu togʻli hududning goʻzal tabiati, toza havosi tufayli shu paytgacha asosan bolalar oromgohlari qurilgan, aholi dam olish maskanlari tashkil etilgan. Endi esa eko hamda ekstremal turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratilib, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilma obyektlari barpo etiladi.



Hududdagi 6000 ta xonadonda 15 mingga yaqin aholi yashaydi. Umumiy maydoni 1697 gektar boʻlgan 'Ohalik', 414 gektardan iborat 'Oqboʻyro' hamda 2545 gektarda 'Mironqul' togʻ turizmi loyihalari amalga oshirilsa yaratiladigan ish oʻrinlari nafaqat hududda ishsizlik muammosini hal etadi, balki boshqa hududlardan ham malakali mutaxassislar jalb qilish imkonini beradi.

Infratuzilma toʻliq davlat tomonidan, yaʼni respublika va mahalliy byudjet hisobidan tashkil qilib berilmoqda. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini esa mahalliy va xorijiy investorlar amalga oshirishi koʻzda tutilgan. Qurilayotgan obyektlarning aksariyatiga mahalliy investorlar pul tikkan. Ularning ayrim obyektlari allaqachon ishga tushgan.



2025 ' 2026-yillarda turistik-rekreatsion zona va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun respublika byudjetidan 31 milliard, mahalliy byudjetdan 8,9 milliard soʻm sarflanishi rejalashtirilgan. Viloyat mahalliy byudjetidan yoʻl infratuzilmasini qayta qurish, joriy va mukammal taʼmirlashga ham 14 milliard 700 million soʻm ajratish koʻzda tutilgan.

Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va taʼmirlash, ichimlik suv va oqova tarmoqlarini qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Hududda axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish uchun 'Oʻzbektelekom' aksiyadorlik kompaniyasi 97,4 million soʻm sarflashi belgilangan.



Kattaqoʻrgʻon shahrida esa madaniyat va turizm klasteri tashkil etilmoqda. Kattaqoʻrgʻon suv omborida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha uch bosqichli boʻlib, birinchi bosqichda yashil tabiat qoʻynida kafe-bar, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, yengil konstruksiyali tamaddi joylari, yopiq va ochiq turdagi akvapark, havo sharlari va suv texnikalari (skuter katerlar), bolalar oromgohidan iborat boʻlgan dam olish maskani barpo etiladi. Ikkinchi bosqichda dam olish uylari, restoranlar hamda uchinchi bosqichda mehmonxona va 8 ming oʻringa moʻljallangan amfiteatr loyihasi amalga oshiriladi.

Madaniyat va turizm klasterining birinchi bosqichiga belgilangan obyektlar hozirda foydalanishga topshirila boshlandi.

Mazkur hududlarni koʻzdan kechirarkansiz, ekoturizm uchun qulay muhit va resurs borligiga amin boʻlasiz. Qurilayotgan loyihalar ham kichkina emas, ekoturizm yoʻnalishida Samarqanddagi eng qiziqarli nuqtalardan biri boʻlishi shubhasiz.

Qolaversa, ushbu obyektlarning ish boshlashi, sayyohlarning hududda koʻproq boʻlishiga erishish byudjet uchun ham, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi mahalliy aholi uchun ham daromad nuqtayi nazaridan juda muhim.



Bundan tashqari, dunyoda zamonaviy turizmning eng muhim yoʻnalishiga aylangan ekoturizm atrof-muhitni muhofaza qilishni taqozo etadi, biorang-baranglilikni, tabiiy resurslarni saqlash va hatto kengaytirish, umuman, ekologiya uchun beqiyos ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, madaniy merosni ham asrash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda juda katta oʻrin tutadi. Aholiga yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanish imkoniyatini beradi. Sayyohlar tomonidan sarflanadigan mablagʻ oʻsha hududni boy qiladi. Ekoturistik hududlarda infratuzilma yaxshilanishi bilan bir qatorda hudud aholisi mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari kabi qator sohalarda band boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

'Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi prezident farmoni eʼlon qilindi.Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardl

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.Hurmatli anjuman qatnashchilari!Qadrli doʻstlar!Avvalo, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini oʻrganish va targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochi

08 Sep 16:44
 
4
0
xs.uz

Jizzaxda soxta bankirga ishongan ayol 20 mln soʻmga chuv tushdi

Jizzaxda oʻzganing nomiga 20 million soʻm onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyatida yashovchi M.S. (ayol) ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etgani aniqlangan.Manbaga koʻra

11 Aug 03:43
 
33
0
xs.uz

Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan “Damas”ning ustiga chiqib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan 'Damas' avtomashinasining ustiga ikki nafar yigit chiqib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, videodagi holat kecha, 9-avgust kuni kuzatilgan. Viloyatning Romitan tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 236-kilometrida harakatlanayotgan 'Damas' transport vositasining tom qismiga ikki nafar oʻsmir chiqib olgan. Ularning bu harakati yoʻlda ke