calendar 11 Aug 03:43
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qirgʻizistondan 1,6 mlrd soʻmlik dorini noqonuniy olib oʻtganlar qamaldi

image
Andijon viloyatida noqonuniy yoʻllar bilan 1 616 802 000 soʻmlik dori vositalari olib kelgan shaxslarga hukm oʻqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaro A.D. sinfdoshi Sh.J. bilan oʻzaro til biriktirib, 2023-yilning avgust oyida Qirgʻiziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy oʻtkazilgan 87 turdagi 'Fokusin', 'Dopegit', 'Kogitum', 'Erinit' va boshqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ xulosasiga koʻra, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 616 mln 802 ming soʻmni tashkil qilgan.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining 'Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi' DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining maʼlum bir qismi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtmagan, davlat reyestriga kiritilmagan hamda ularga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan.

Taʼkidlash lozimki, fuqaro A.D. muqaddam uyushgan guruh tarkibida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Holat yuzasidan A.D. va Sh.J.ga nisbatan DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan 'Bojxona toʻgʻrisida'gi qonun hujjatlarini buzishda ayblanib, Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi 'a' bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tuman sudi tomonidan fuqaro A.D.ga nisbatan 5-yil hamda fuqaro Sh.J.ga nisbatan 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

28 Jul 00:39
 
106
0
xs.uz

Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan qariyb 3 mlrd soʻm ajratdi

Unga koʻra, mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati hamda 'Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi' xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlari hisoblanadi.Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro v

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida