calendar 26 Jul 10:20
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

image

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanmalarining to‘liq qaytarilishi nazoratga olinmagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda ovchilar tomonidan 2020-2022 yillar davomida jami 9690 ta ov yo‘llanmalari “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga zid ravishda foydalanilganidan so‘ng qaytarilmagan. Buning ortidan ov yo‘llanmalaridan takroriy foydalanish hamda noqonuniy ov qilishga sharoit yaratib berilgan.

Ekologiya vazirligi fuqarolardan kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlar asosida birlashmaning Sirdaryo viloyati bo‘limi faoliyatini o‘rganganida esa ov xo‘jaligining ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomasi amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrda tugagan bo‘lsa-da, xo‘jalik tomonidan 2023 yil davomida 25 ming bosh hayvonlarni ovlash uchun noqonuniy yo‘llanmalar sotilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasi talablariga zid ravishda 20 ta holatda mazkur xo‘jalik tomonidan sotilgan ruxsatnoma asosida ovchilar tomonidan taqiqlangan muddatlarda 49 ta yovvoyi qush ovlangan.

Shunday qilib, 2024 yilning I va II choraklarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 287 ta holatda 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilangan. Taqqoslash uchun, 2023 yildagi nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar shaxsga nisbatan 1,7 mlrd so‘mlik choralar ko‘rilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
22
0
xs.uz

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga xizmat qiladigan qonun ko‘rib chiqildi

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi. Mamlakatimizda alkogol va tamaki bozorini tartibga solishga, alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi sohasidagi davlat nazoratini ta'minlashga qaratilgan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, Bosh prokurat

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

“Oʻrgangan koʻngil”: Toshkentda muqaddam sudlangan fuqaro kuchli taʼsir qiluvchi dorilar sotayotganda qoʻlga tushdi

Toshkent viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi tadbir davomida Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro U.U. ushlandi.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri boʻlimi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaroning noqonuniy faoliyati aniqlandi.Tezkor tadbir chogʻida fuqaro U.U.ning xonadonini koʻzdan kechirish jarayonida 770 dona oq-qizil rangdagi 'ZARDEKS' nomli kaps

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

“Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi boʻlganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.Bu haqda 13-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, jahon tajribasi va hayot talabini inobatga olgan holda, qator takliflar ishlab chiqildi.Jumladan, 'Ayollar daftari' va 'Yoshlar daftari' orqali ijtimoiy yordamlar 'Kambagʻal oilalar reyestri'ga kirgan oilalarga koʻ