calendar 26 Jul 10:20
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

image

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan.

Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. Ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgani uchun 2023 yilning avgust oyida ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.

Biroq J.Yu. shundan so‘ng ham voyaga yetmagan farzandi uchun mablag‘ni qizg‘anib, aliment to‘lamay kelgan va qarzdorlik salkam 13 mln so‘mdan ortib ketgan. Shuningdek, yashash manziliga kelmasdan yashirinib yurgan.

Boshqarmaning olib borilgan qidiruv tadbirida aniqlanishicha, qarzdor Buloqboshi tumanida yashovchi xolasining uyida yashirincha yashab kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Belgilangan tartib bo‘yicha qidiruvdagi shaxs davlat ijrochisiga topshirilgan va byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan qarzdor J.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda aliment to‘lashdan 11 yil qochib yurgan ota buvisining uyidan topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:23
 
54
0
xs.uz

Sirdaryoda sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani doʻkon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, 20-iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tugʻilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonda xarid qilganda QR kodli chek soʻragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bil

22 Jul 16:55
 
58
0
xs.uz

Soliq toʻlovchilarga qaytarilgan QQS summasi 10 trillion soʻmdan oshdi – Fiskal tahlillar

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jam 4 ming 641 ta ariza boʻyicha 2 ming 798 ta tashkilotga 10 trillion 693,8 million soʻm QQS qaytarilgan.Eng koʻp qaytarilgan QQS sohalar kesimida quyidagicha ketma-ketlikda joylashgan:1. Ishlab chiqarish (5 trillion 191,3 milliard soʻm);2. Xizmat koʻrsatish (1 trillion 351,1 milliard soʻm);3. Savdo (614,8 milliard soʻm).'Fiskal tahlillar' portaliga koʻra, qoplab berilgan QQS summasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 20,3% oʻsg

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

26 Jul 11:19
 
60
0
xs.uz

Ijtimoiy koʻmakning muqobil koʻrinishi

' Mazkur dastur asosida mahallamizda oʻndan ortiq ijtimoiy koʻmakka muhtoj xonadonlarga zamonaviy quyosh panellari oʻrnatib berildi, ' deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Boyxonov. ' Ular asosan boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlari hisoblanadi.Taʼkidlash joiz, Kumushkon mahallasining tabiiy gaz taʼminotida ogʻir hududlardan sanalishini inobatga olsak, elektr energiyasi taʼminotidagi muqobil variant mazkur xonadonlarnin