calendar 26 Jul 10:20
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

image

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tib, tegishli daraja bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
 

“Biz bilan birga bo‘ling! Bilim olib kelajakni yarating” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuvlarda u bilan birgalikda Mahek Xon (Bangladesh) va Ana Kotevskalar (Shimoliy Makedoniya) ham tegishli til darajalarda olimpiada g‘oliblari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Butunjahon nemis tili olimpiadasi (IDO) 2008 yildan beri har ikki yilda Gyote instituti tomonidan Xalqaro nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi bilan birgalikda tashkil etiladi. Joriy yilgi bellashuvlar Gyottingen shahri oberburgomistri Petra Broystedt homiyligi ostida Gyottingen universiteti Bilimlar muzeyi hamda Bilimlar forumi bilan uzviy hamkorlikda o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2024 yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)dan chetlatilib, olimpiadada ishtirok etgan barcha o‘quvchilarning natijalari bekor qilingani, shuningdek, mamlakat IBO'ga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentyabridan nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'maʼlum qildi.Qonunchilikka koʻra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning yangicha tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib orqali bir qator qulaylikl

12 Jul 11:41
 
52
0
xs.uz

1 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasining pulini toʻlamay ishlatganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshkoʻpir, Uchkoʻprik, Buloqboshi, Shofirkon va Romitan tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir qator shaxslar tadbirkorlik subyektlarini noqonuniy tarzda tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga ulab, umumiy qiymati 1 milliarddan ortiq davlat va jamiyat manfaatlariga zarar keltirgani aniqlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan 'B.S.' fe

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi eʼlon qilindi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.Hurmatli anjuman qatnashchilari!Qadrli doʻstlar!Avvalo, Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini oʻrganish va targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan siz, azizlarni 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' mavzusidagi VIII xalqaro kongressning ochi

24 Aug 17:26
 
7
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida