calendar 26 Jul 10:20
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

image

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan ham u Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori” atrofida burqa libosida, yuzini niqob bilan yopgan holda yurganida IIO xodimlari uni to‘xtatib, yuzini ochishni so‘raganida, dastlab ularga qarshilik ko‘rsatganini, keyin chetroqqa o‘tib, yuzini ochganligini, hozirda o‘zining sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, unga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan. 

Fuqaroning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi ish hujjatlaridagi dalolatnoma, ma’lumotnoma, tushuntirish xatlari, fotosuratlar hamda ma’muriy ishda to‘plangan boshqa hujjatlar bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4-moddasi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan 3,4 mln so‘m jarima hamda 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 12:30
 
127
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar uchun keng imkoniyat

' Endilikda ushbu markaz orqali viloyat xotin-qizlariga tadbirkorlik faoliyatini bozor talablaridan kelib chiqib yoʻlga qoʻyish, sarmoyani toʻgʻri sarflash, ish faoliyatini kengaytirish kabi muhim nazariy va amaliy koʻnikmalar oʻrgatib boriladi, ' deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Malika Mamadiyarova. ' Mashgʻulotlarga xalqaro hamkorlarimiz bevosita jalb etiladi.Markazning ochilish marosimida xalqaro hamkor tashkilot vakillari ham ishtirok etib, hududning investitsiyaviy jozibadorligi ham

26 Jul 16:56
 
66
0
qalampir.uz

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etildi. Bu haqda “Xavfsizlik tushunchalari 2023” (SPI) indeksi xabar berdi. Qayd etilishicha, SPI 121 davlatni o‘zida jamlagan ro‘yxatni shakllantirgan. Unga ko‘ra, fuqarolar yashayotgan davlatida qanchalik o‘zini xavfsiz his qilishi haqida global so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaning asosini mamlakatdagi oziq-ovqat, suv tanqisligi, zo‘ravonlik darajasi, ob-havo sharoiti, ruhiy sog‘liq, ish joyidagi xavf

26 Jul 14:39
 
69
0
qalampir.uz

YHXBning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuz

26 Jul 10:20
 
33
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor