calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi. 

32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini UFC on ABC 6 turniri doirasida o‘tkazib, daniyalik Nikolas Dalbini mag‘lubiyatga uchratgan. 

30 yoshli Ro‘ziboyev MMA'da 43-34-9 rekordga ega. U oxirgi jangini shu yil may oyida UFC on ESPN 56 turniri doirasida amerikalik Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael

29 Jul 12:02
 
107
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k