calendar 26 Jul 10:19
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan.

Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan tashqari yana 6 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Humoyun To‘xtamurodov shu vaqtga qadar MMA'da  10 ta jang o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan va 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan. U oxirgi marta 2022 yilning iyul oyida Octagon 32 turnir doirasida eronlik Said Mexrshadni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

19 Jul 11:40
 
74
0
qalampir.uz

FIFA Isroil klublarini musobaqalardan chetlatishi kutilmoqda

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot kengashi yig‘ilishida Isroil jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 20 iyul kuni FIFA kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Advokat Maks du Plessis Isroil rasmiylarining Falastindagi harakatlari FIFA'ning asosiy maqsad va g‘oyalariga putur yetkazishi haqida hisobot tayyorladi. Hisobo

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp

08 Sep 16:45
 
38
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslarini ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi. Ofarin, Nurxon!Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.Foto: Husniddin Ato