calendar 26 Jul 10:19
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

image

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan.

XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi:

1. Jon Jons (27-1-0-1);

2. Jorj Sent-Per (26-2);

3. Anderson Silva (34-11-0-1);

4. Demetrius Jonson (33-4-1);

5. Habib Nurmuhammedov (29-0);

6. Fyodor Yemelyanenko (40-7-0-1);

7. Rendi Kutyur (19-11);

8. Chak Liddell (21-9);

9. BJ Penn (16-14-2);

10. Kamaru Usmon (20-4).

Qayd etish joiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jon Jons mashg‘ulotlardagi sparring paytida jiddiy jarohat olgandi. Uning tiklanishi sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Mashhur sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarining 27 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan va bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. O‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Jon fransiyalik Siril Ganni mag‘lub etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 11:38
 
57
0
qalampir.uz

Parij Olimpiadasi chiptalar sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Parij Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi o‘yinlar tarixidagi rekord miqdordagi chiptalarni sotdi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita rahbari Toni Estange ma’lum qildi. Olimpiada boshlanishiga ikki hafta qolganida 8,6 million chipta sotilgan. Avvalgi rekord 1996 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Atlanta o‘yinlarida 8,3 million chipta o‘z egasini topgan. Qayd etilishicha, Olimpiada tashkilotchilari 10 million chipta sotish niyatida. “Oldingi Olimpiada o‘yinlariga sotilgan

16 Jul 10:21
 
61
0
postda.uz

ЁШЛАР КИБЕРСПОРТДА БЕЛЛАШДИ

Киберспорт спорт тури сифатида қабул қилинганига ҳали кўп бўлмади. Шунга қарамай минглаб ёшларни ўзига жалб этиб улгурди. Навоий вилоятида ҳам ”Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги”  доирасида “Биз кибержиноятларга қаршимиз!” шиори остида мазкур спорт тури бўйича

29 Jul 08:56
 
96
0
qalampir.uz

Parij–2024: Diyora Keldiyorova finalga chiqdi

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova Olimpiadaning 1/2 finalida fransiyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqdi. O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi. Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yo‘l oldi. Yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush me

26 Jul 10:19
 
56
0
qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi. Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi