calendar 29 Jul 08:56
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij–2024: Diyora Keldiyorova finalga chiqdi

image

Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova Olimpiadaning 1/2 finalida fransiyalik Amandin Busharga qarshi tatamiga chiqdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi. Dzyudochi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining finaliga yo‘l oldi. Yarim finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, Olimpiya o‘yinlarining oltin va kumush medallari sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiada bahslarida oltin yoki kumush medal olgan ilk ayol sportchi sifatida tarixga kirish arafasida turibdi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Diyora Keldiyorova Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi kurashga kirib, uni Olimpiya o‘yinlaridan chiqarib yuborgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Mashhur Amerika nashri O‘zbekiston Olimpiadada nechta medal olishini taxmin qildi

Amerikaning “Sports Illustrated” jurnali 75 ta litsenziya bo‘yicha Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini musobaqalarda 12 ta medalga ega chiqishini taxmin qildi. Jurnaldagi taxminlarga ko‘ra, o‘zbek bokschilaridan Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov o‘z vazn toifalarida Olimpiada chempioni bo‘ladi. -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev kumush, -92 kg da esa Lazizbek Mullajonov bronza medalni qo‘lga kiritishi

14 Aug 06:38
 
33
0
xs.uz

“Barselona”ga kelgan Dani Olmo klubni qiyin ahvolga solib qoʻydi

'Barselona' oʻzining yangi futbolchisi Dani Olmoni La Liganing yaqinlashib kelayotgan mavsumida roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Klubning Olmoni 'RB Leypsig'dan 51 million funt evaziga sotib olishi La Ligadagi qattiq moliyaviy qoidalar sababli qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Bu haqda 'Sport Bible' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Barselona' Olmo mavsumning birinchi oʻyinida maydonga tushishidan oldin futbolchilarning maoshlari uchun joy boʻshatishi zarur. Ispan

03 Sep 21:36
 
32
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova bronza medalini qoʻlga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.Qayd etilishicha, ushbu dasturda qatnashgan oʻzbekistonlik Nurxon Qurbonova 7.75 metr natija qayd etib, bronza medalga sazovor boʻldi. Taʼkidlash lozimki, sportchi ushbu natija orqali mavsumdagi eng yaxshi koʻrsatkichini qayd et

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni