calendar 26 Jul 10:19
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

image

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo‘lmagan. Adaptatsiya yaxshi o‘tmoqda. Olimpiadaga tayyormiz. Bu yerda oson raqib bo‘lmaydi. Nasib etsa, boks bahslarida eng ko‘p oltin medalni olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritamiz”, deydi murabbiy.

Shuningdek, Farrux Qilichev Parijdagi tushlik vaqtida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan tasodifan uchrashib qolganini bildirib, u bilan nima haqida suhbatlashganini ham aytdi.

“U bilan ko‘rishganimda birinchi navbatda rasmga tushishni taklif qildim. Makron mendan qayerdan kelganligimni so‘radi. O‘zbekistondan keldim, deb javob qaytarganimda, u menga yaqindagina Samarqandda bo‘lib qaytganini aytdi. Rasmga tushib bo‘lgach unga fransuz tilida rahmat dedim, u esa bizga Olimpiadada omad tiladi”, deydi Farrux Qilichev.

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasida boks bahslari 27 iyulda boshlanadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi to‘liq tarkibda medallar uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur Amerika nashri O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadada nechta medalga ega chiqishini taxmin qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

Taekvondochi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi

Taekvondo boʻyicha 3 karra Olimpiada ishtirokchisi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning oʻzi Instagramda maʼlumot berdi.Maʼlum boʻlishicha, endi Rafalovich murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 'Murabbiylikka oʻtish jarayonida sportchi sifatida faoliyatimni yakunladim. Bu yerda mening yutuqlarimni koʻrishingiz mumkin', degan u oʻz postida.Maʼlumot uchun, Nikita Rafalovich 1993-yilning 10-oktyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan.2018-yilgi Osiy

03 Sep 21:36
 
48
0
xs.uz

Erling Holand APLning barcha davrlaridagi top hujumchilarini taqib etmoqda

Angliya Premer Ligasining 3-turida doirasida 'Manchester Siti' 'Vest Hem'ni 3:1 hisobida magʻlub etdi. Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvda 'shaharliklar' hujumchisi Erling Holand het-trik qayd etdi.Shu tariqa norvegiyalik futbolchi APLdagi het-triklari sonini 8 taga yetkazdi. Bu uchun Holandga 2 mavsum ketdi. Bu orqali Holand APL tarixidagi eng kuchli hujumchilarini het-triklar soni boʻyicha quvishda davom etmoqda.Qayd etish kerakki, Erling bu borada Terri Anri, Harri Keyn va Maykl Ouyenga (

25 Sep 13:15
 
16
0
xs.uz

Bugun otlar, fillar qurbon boʻladigan kun. Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortadi

Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvdagi gʻalaba bizni chempionlikka yaqinlashtiradi. Olimpiadaning 9-turidan oʻrin olgan bahs prinsipial qarama-qarshilik boʻlishi aniq.Bunga oʻziga yarasha sabablar bor. Birinchidan, Hindiston jamoasi 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoamizga magʻlub boʻlib, chempionlikdan mahrum boʻlgandi. Eng muhim partiyada Nodirbek Abdusattorov Gukeshning otini yutib olgan va oʻyin tubdan oʻzgarib ketgan edi.Ikkinchidan, garchi oʻzbek shaxmatchilari kuchl

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu