calendar 26 Jul 10:19
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. 9 ta to‘qnashuvda raqiblarini nokautga uchragan. Uning raqibi Parra esa 26 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba qayd etgan. Parra 4 ta jangda raqiblariga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahram G‘iyosov 3 avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Isroil Madrimov-Terens Krouford oqshomida ringga ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qilgandi, biroq yakunda G‘iyosov 31 iyul kuni profboksdagi 16-jangini o‘tkazadigan bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

26 Jul 14:56
 
74
0
qalampir.uz

Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida yetakchi o‘zgarmadi

Ukrainalik professional bokschi Aleksandr Usik ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar (P4P), dunyoning eng yaxshi jangchilarining yangilangan reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi. Reytingda yuqori uchlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. 2-o‘rinda yaponiyalik Naoya Inoue, 3-o‘rinda amerikalik Terens Krouford qayd etildi. Kuchli o‘nlikda bitta o‘zgarish bo‘ldi. Yaponiyalik Yunto Nakatani to‘qqizinchi, Errol Spens esa 10-o‘ringa ko

22 Jul 10:25
 
69
0
xs.uz

Shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻldi (foto)

Vengriyada boʻlib oʻtadigan shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi. Roʻyxat mashhur 'Chess.com' nashri tomonidan maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov (2769), Javohir Sindorov (2674), Nodirbek Yoqubboyev (2648), Shamsiddin Vohidov (2643), Jahongir Vohidov (2571) himoya qiladi. Roʻyxatda zaxira oʻyinchi haqida maʼlumot keltirilmagan.Eng quvonarlisi shundaki, jamoaga 14-jahon chempioni, jahon shaxmat olimpiadalari

26 Jul 16:21
 
79
0
qalampir.uz

“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi&rdquo