calendar 26 Jul 16:21
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Navbahor” terma jamoa posbonini 300 ming yevroga sotdi

image

O‘zbekiston milliy jamoasi va “Navbahor” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov Eronning “Fulad” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Navbahor” 33 yoshli posbonni 300 ming yevro evaziga Eron klubiga qo‘yib yuborgan. Yusupov yangi klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Yusupov faoliyati davomida O‘zbekistonning “Mash’al”, “Nasaf”, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” klublari darvozasini qo‘riqlagan. Joriy mavsumda darvozabon 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yusupov 2018 yildan buyon terma jamoa safida harakat qilib kelmoqda. U shu vaqtga qadar 24 ta bahsda milliy terma darvozasini qo‘riqladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo

28 Jul 20:50
 
128
0
xs.uz

Parij-2024: Diyora Keldiyorova finalda

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining 2-kuni dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida kurash boshlagan Diyora Keldiyorova uchun omadli keldi. U birinchi davradan erkin oʻtgan boʻlsa ham keyingi bosqichda amaldagi jahon chempioni, Tokio Olimpiadasi chempioni, yaponiyalik Uta Abega qarshi tatamiga chiqdi.Dastlabki bahsda Abeni magʻlub etgan Diyora chorak finalda germaniyalik Masha Balxausni ham yengdi.Yarim finalda mezbon sportchi Amandin Byushardan ustun kelib, oltin medal uchun kurashish im

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

19 Jul 09:30
 
70
0
qalampir.uz

Mbappe Madridda mashina hayday olmaydi

Rasman “Real” futbolchisiga aylangan fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe Madridda avtomobil haydash imkoniyatiga ega emas. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshda Mbappeda haydovchilik guvohnomasi yo‘q va futbolchining o‘zi ham avtomobil boshqarishga unchalik qiziqmaydi.  “Menda haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalar yo‘q. Qisqa vaqtda yaxshigina yutuqlarga erishdim, ixtiyorimda haydovchilar bor. Haydovchilik guvoh