calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

image

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

"Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shinlarini doimiy samarali mag‘lubiyatga uchratish uchun o‘z yechimlarini qidirmoqda.

“Bizning maqsadimiz maksimal mudofaa mustaqilligi, chunki bu samarali ittifoqchilarni topish va o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarishni osonlashtiradi”, deya qo‘shimcha qildi Ukraina Prezidenti.

Ma’lumot uchun, Ukrainaning bir qator g‘arbiy hamkorlari Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba berish uchun yetkazib bergan qurollardan foydalanishga ruxsat berishdi, ammo shartlar bilan. Shu bilan birga, Ukraina zaruriy qurol-yarog‘ yetkazib berish kechiktirilganini bir necha bor e’lon qilgan. Bundan tashqari, Germaniya ham uzoq masofali TAURUS raketalarini Kiyevga berishdan bosh tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah

26 Jul 11:02
 
49
0
qalampir.uz

Harris frontiga tez orada Obama ham qo‘shiladi

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama tez orada vitse-prezident Kamola Harrisni Demokratik partiyadan 2024 yilgi prezidentlikka nomzod sifatida ma’qullamoqchi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni “NBC News” xabar berdi. Ikki siyosatchining aloqalaridan xabardor bo‘lgan odamlarga tayangan holda, nashr Obama shaxsiy tarzda Harris nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlagani va u bilan muntazam aloqada bo‘lib kelganini yozmoqda. Ammo Obama jamg‘armasi "Reuters"ning mazkur jarayon

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

17 Jul 15:27
 
84
0
xs.uz

Makron Attalning isteʼfosini qabul qildi

Seshanba kuni Yelisey saroyining bayonotida aytilishicha, u yangi hukumat tayinlanguncha faoliyat yuritadi. Attalning muvaqqat hukumati joriy ishlarni boshqarib turadi. Bundan tashqari, u 26-iyulda boshlanadigan Olimpiya oʻyinlarini nazorat qiladi.Muvaqqat hukumat yangi qonunlarni parlamentga taqdim eta olmaydi yoki katta oʻzgarishlar kirita olmaydi.Fransiyada avval ham muvaqqat hukumatlar boʻlgan, ammo hech biri bir necha kundan ortiq qolmagan. Amaldagi hukumat qancha muddat qolishi mumkinli