calendar 26 Jul 10:19
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

image

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

“Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadik”, deydi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bo‘lgan marhumning qarindoshi.

Voqea 22 iyul soat 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. 2022 yilgi Freightliner Semi Traktor I-10 avtomagistrali Sharqiy yo‘lidagi Highland Road chiqish rampasi yaqinida harakatlanayotgan bo‘lgan. Yuk mashinasi ichki beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l kameralariga 18 g‘ildirakli avtomobil magistralning bir qismida osilib turganining tasvirlari tushib qolgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mashinadan chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 10:27
 
79
0
xs.uz

Parijdagi Olimpiada oʻyinlari vaqtida uchar taksilar xizmat koʻrsatishi mumkin

Fransiya boʻlajak Olimpiada oʻyinlari uchun Sena daryosiga qoʻyilgan barjada uchar taksi porti ham joylashishini tasdiqladi. 'Aeroports de Paris SA' tomonidan quriladigan vertiport Parij markazidagi 'Austerlitz' temir yoʻl vokzali yaqinida joylashtiriladi. Bu haqda 'Bloomberg' nashri xabar bermoqda.Maʼlum qilinishicha, Parij meriyasi loyihaga qarshi boʻlib, uchar taksilarning koʻp energiya talab qilishini va xavfli ekanligini iddao qilmoqda. Shu bois hozircha Olimpiada oʻyinlari vaqtida

24 Aug 17:27
 
8
0
xs.uz

Isroil raketani bu safar qayerga yoʻnaltirgani maʼlum boʻldi

Isroil Hizbulloh guruhiga tegishliligi gumon qilingan Livan janubidagi 10 dan ortiq nuqtaga zarba berdi. Bu haqda 'Guardian' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Hizbulloh avvalroq Isroil tomonidan anneksiya qilingan Golan tepaliklariga 50 dan ortiq raketa otgan va uchuvchisiz dronlar orqali bombardimon qilgan. Isroilning hujumlari esa qurol omborlari, harbiy binolar va Hizbulloh tomonidan qoʻllanilgan oʻq otish moslamasini nishonga olganligi aytilmoqda.Otishma AQSH prezidenti Jo Bayden Is

17 Jul 22:11
 
128
0
qalampir.uz

Rossiya va Ukraina harbiy asirlarni almashishdi (video)

95 nafar rossiyalik harbiy Ukraina asirligidan Rossiyaga qaytdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, ular Ukraina Qurolli kuchlarining 95 harbiy asiri evaziga o‘tkazilgan. “Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Aerokosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlari orqali Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Moskvaga olib ketiladi. Ozod qilinganlarning barchasiga zarur tibbi

22 Jul 20:48
 
64
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld