calendar 26 Jul 10:19
eye 26
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi.

Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vahshiylik o‘rtasidagi, hayot muqaddas bo‘lganlar va o‘limni ulug‘laydiganlar o‘rtasidagi to‘qnashuv”.

Uning da’vo qilishicha, Isroil nafaqat o‘ziga, balki AQSH va arab dunyosiga ham tahdid solayotgan terrorizmga qarshi urush olib bormoqda.

“Eron ham HAMAS, ham Livanning “Hizbulloh” guruhi va Yaman husiylari ortida turibdi”, deydi Isroil Bosh vaziri.

U Tehrondagi hukmron rejimni Yaqin Sharq va butun dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid deb atadi. Isroil Bosh vaziri Falastin tarafdorlarining namoyishlarida qatnashganlarni – shunday namoyishlardan biri Vashingtondagi Kongress binosi oldida Netanyaxu u yerda nutq so‘zlaganida bo‘lib o‘tdi – “zo‘rlovchilar va qotillar tomonidagi” “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

Shuningdek, Netanyaxu Isroil zarbalari G‘azo sektoridagi tinch aholiga qaratilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. 

“Isroil armiyasi Falastinlik tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun millionlab varaqalarni tashladi, millionlab SMS yubordi, yuz minglab telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirdi”, deya iddao qildi Bosh vazir. 

AQSH qonunchisi Rashida Tlaib Netanyaxuning Kongressdagi nutqi vaqtida “harbiy jinoyatchi” degan yozuvni ko‘tarib turdi. Nutq yakunida o‘rnidan turib, Netanyaxuni olqishlagan kongressmenlardan farqli o‘laroq, o‘tirib o‘z noroziligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 20 may kuni Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Binyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni Falastin hududida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi. Uning aytishicha, Netanyaxu va Galant “Falastin tinch aholisiga qarshi keng ko‘lamli va tizimli hujumlar” uchun mas’uldir”.

Shu bilan birga, u HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berdi. Ular, shuningdek, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, qotillik, garovga olish, jinsiy zo‘ravonlik va qiynoqlarda ayblanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
45
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

29 Jul 09:58
 
55
0
qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampn

12 Jul 22:14
 
123
0
qalampir.uz

Nepalda 70 ga yaqin kishi bo‘lgan 2 avtobus daryoda oqib ketdi

Bugun, 12 iyul kuni tunda Nepalda sodir bo‘lgan kuchli ko‘chki oqibatida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan ikkita avtobus daryoga tushib, oqib ketdi. Bu haqda “The Kathmandu Post” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Madandan Ashrit shahri tomon harakatlanayotgan avtobuslar ertalab soat 3:30 da Trishuli daryosiga tushib ketgan. Avtobuslarda jami 66 kishi bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan birida 24 kishi, boshqasida 42 kishi bo‘lgan, ammo haydovchilar yo‘ld

26 Jul 21:26
 
103
0
qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi. 76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga oling