calendar 26 Jul 10:19
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

image

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Andrey Torgashov bo‘lgani haqida xabar berdi. Biroq Torgashovning o‘zi Moskvada avtomobil portlashi paytida jarohat olgani haqidagi xabarlarni rad etgan. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi Torgashovning rafiqasi esa o‘zi va erining portlash oqibatida jabrlanganini inkor etgan va internetda tarqalgan xabarlarni feyk ekanini bildirgan.

Mayor Torgashov, hattoki, RIA Novosti nashri hamda RT telekanali bilan bo‘lgan suhbatda xabarlar noto‘g‘riligini so‘zlagan.

“Portlashning menga hech qanday aloqasi yo‘q, bularning bari soxta. Men bu tumanda yashamayman, yashash joyim boshqa tumanda”, degan mayor RIA Novosti nashriga.

Tergov qo‘mitasi avtomobil portlashiga aloqadorlikda gumonlanuvchi shaxsni aniqlaganini e’lon qildi. Biroq qo‘mita gumonlanuvchi haqida boshqa ma’lumotlar berib o‘tmagan. Keltirilishicha, mashinaga sig‘imi taxminan 500 gramm trotil bo‘lgan portlovchi qurilma o‘rnatilgan.

Umumiy ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda yozilayotgan mamlakat harbiy xizmatchisi Torgashovning portlashda jarohatlangani haqidagi xabarlar yolg‘onligini ko‘rsatmoqda. Mayor haqida bunday xabarlar tarqalishiga, jabrlanuvchining familiyasi ham Torgashovligi turtki bo‘lgan.

TASS ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyaci Jinoyat kodeksining 105-moddasi 30-qismi (qotillik suiqasdi) va 222-moddasi (o‘qotar qurol va o‘q-doriga noqonuniy egalik qilish) bilan jinoiy ish ochilgan. “Kommersant” esa ish terakt sifatida qayta tasniflanishi mumkinligini taxmin qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Voronej viloyatida Anna aholi punkti va Borisoglebsk shahri o‘rtasidagi ko‘prik portlatib yuborilgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
28
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-

16 Jul 12:02
 
46
0
xs.uz

FQB Trampga suiqasd uchun «qasos» olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) va Ichki xavfsizlik departamenti sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd 'qasos' olish harakatlari ehtimolidan xavotirda. Bu haqda 'Politico' nashri xizmatlar tarqatgan hujjatga tayanib yozmoqda.Nashrga koʻra, materialda potensial xavf ostida boʻlgan aniq shaxslar koʻrsatilmagan, ammo 'saylov bilan bogʻliq maqsadlar' birinchi navbatda tahdid ostida ekanligi qayd etilgan. Hujjatda, shuningdek, ekstremistlar oʻtmishda si

15 Jul 12:02
 
55
0
qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi. Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tk

22 Jul 17:37
 
45
0
xs.uz

Jo Baydenni qayta saylanishdan bosh tortishga kim koʻndirgani maʼlum boʻldi

AQSH prezidenti Jo Bayden ikki nafar eng yaqin maslahatchisi bilan uchrashuvdan soʻng qayta saylanishdan voz kechishga qaror qilgan. Bu haqda 'Politico' oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.Bayden kecha ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi. U oʻz vitse-prezidenti Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Oʻz navbatida, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Xarrisni magʻlub etish, unga Baydenni yengishdan koʻra ancha oson boʻlishini taʼkidladi.Nashrning yozishic