calendar 15 Jul 12:02
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi.

Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tkazish uchun topshiriq berdi.

“Shundan so‘ng u qishloq xo‘jaligi majmuasi va viloyatlar rahbarlaridan tashqari rahbarlarga 1 avgustdan 1 sentyabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi”, deb yozadi nashr.

Davlat rahbari ta’tilni o‘tgan yillardagidek mamlakatning Avaza, Archman, Yilsuv kurort hududlari va boshqa sanatoriylarida o‘tkazishni tavsiya etdi.

Turkmaniston hukumati an’anaga ko‘ra avgust oyida bir oylik ta’tilga chiqadi. Biroq, masalan, 2018 yilda Prezident hukumat a’zolarini ikki haftalik ta’tilga jo‘natgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 21:42
 
165
0
qalampir.uz

Britaniya TIVning yangi rahbari Isroil va Falastinga bordi

Britaniyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Isroil va Falastinda bo‘lib rasmiylar bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi X’dagi sahifasida yozdi. Lemmi Quddusda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu  va Ramallohda Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashgan. “G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha garovga olinganlarni ozod qilish kerak”, deb yozgan Devid Lemmi. TIV rahbarining ta’kidlashicha, tinch aholini himoya qil

18 Jul 12:04
 
55
0
xs.uz

Sunʼiy yoʻldosh Putinning oʻrmon ichida yashiringan qalʼasini fosh qildi – Newsweek (+Xarita va suratlar)

Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi Valday shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan qalʼasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar qildi.Qayd etilishicha, dastlabki hisobotlarda bu yerda faqat bitta 'Pansir' tizimi oʻrnatilgan bunker mavjudligi aytilgan. Biroq yangi tasvirlar hudud atrofida ushbu tizimlardan kamida yettitasi borligini koʻrsatgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining koʻpayis

18 Jul 21:52
 
71
0
qalampir.uz

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Hindiston shimolida bugun, 18 iyul kuni yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda ABC News xabar berdi. Davlatning yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha komissari Navin Kumarning aytishicha, halokat joyiga o‘nlab qutqaruvchilar, 40 kishilik shifokorlar guruhi va tez tibbiy yordam brigadasi hamda 15 tez yordam mashinasi yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar shifoxonalar va h

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endyinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun 'Yuta 2034' delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qi