calendar 26 Jul 10:19
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

image

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan.

“Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan shaxslar diniy sohada ishlashdek ma’naviy huquqga ega emas. Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi sodir bo‘lgan voqeani katta taassuf bilan qabul qilib, mamlakat musulmonlaridan uzr so‘raydi. Alloh barchamizni yomon va afsusli ishlarga yetaklovchi nafsimizdan saqlasin”, deyilgan xabarda.

Keltirilishicha, mamlakat muftiyati imomning qilgan ishi uchun uni lavozimidan chetlatib, barcha musulmonlardan uzr so‘ragan. Sud Tajimbet Baxitbek Nurgabilovichni Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 608-moddasi (Alkogolli, giyohvandlik va yoki har xil moddalar mastligi holatida bo‘lgan haydovchi tomonidan transport vositasini boshqarish, shuningdek, transport vositasini boshqarishni alkogol, giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgan shaxsga topshirish) 1-qismi bilan aybdor deb topgan hamda unga nisbatan 15 sutka qamoq va 7 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq tergov jarayonida imomning aybi isbotlansada, u sudda  o‘z aybini tan olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Dzerjinskiy shahrida granata ko‘targan noma’lum shaxs namozxonaga bostirib kirib, uni portlatishga uringani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 11:28
 
74
0
qalampir.uz

Maduro Venesueladagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

Venesuelaning amaldagi Prezidenti Nikolas Maduro respublikadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U uchinchi olti yillik muddatga qayta saylandi. Bu haqda Venesuela Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amoroso ovoz berish natijalaridan so‘ng ma’lum qildi. Ovozlarning 80 foizi sanab chiqilgach, Maduroni 5 million 150 ming 92 nafar saylovchi yoki ovoz berganlarning 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagani ma’lum bo‘ldi. Maduroning asosiy raqibi, o‘ta o‘ng partiyalardan nomzod E

28 Jul 17:14
 
88
0
qalampir.uz

Isroil askarlari turkiyalik jurnalistlarga hujum qildi (video)

Kecha, 26 iyul kuni Isroil askarlari Turkiya jurnalistlariga hujum qilib, ularni kaltakladi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi. Nashrga ko‘ra, voqea Quddusdagi Al-Aqso masjidi oldida sodir bo‘lgan. Isroil kuchlari birinchi navbatda falastinliklarga hujum qilgan. Keyinroq hujumni tasvirga olgan TRT News guruhini nishonga olgan. Hodisa oqibatida TRT operatori jarohatlangan.   Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning jurnalistlarga qarshi so‘nggi hujumlarini qoralab,

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,