calendar 26 Jul 10:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

image

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, huquqbuzarlar chegarachilarning to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talablariga e’tibor bermay, chegarachilarga qarshilik ko‘rsatib, qochib ketishgan.

Shuningdek, Qurolli to‘qnashuv natijasida chegara qo‘shinining ikki nafar xodimi yengil tan jarohati oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. Otishma oqibatida qoidabuzarlardan biri ham tan jarohati olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 10:03
 
81
0
qalampir.uz

G20 vazirlari milliarderlarni global soliqqa tortish bo‘yicha kelisha olmadi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda G20 davlatlarining Moliya vazirlari milliarderlarga global soliq joriy etish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.  Nashrning qayd etishicha, ushbu mavzu aslicha qoldirilgan bo‘lsa-da, vazirlar kelajakda bu masalani muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olgan. “Dunyoning eng qudratli hukumatlari milliarderlarga global soliq joriy qilish bo‘yicha kelishib

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Yevrokomissiya Slovakiyani “xorijiy agentlar” qonuni oqibatlaridan ogohlantirdi

Yevropa Komissiyasi, agar Slovakiya xorijdan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun xorijiy agent maqomi to‘g‘risidagi mahalliy qonunni qabul qilishda davom etsa, unga qarshi rasmiy chora ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissari Vera Yourova Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Agar Slovakiya nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish borasida Vengriya yo‘lidan borsa, biz zudlik bilan qoidabuzarlikni bartaraf etish ta

22 Jul 16:55
 
50
0
xs.uz

Isroilning Xon Yunisdagi hujumlari oqibatida 27 kishi halok boʻldi

Isroil kuchlari evakuatsiya qilish haqidagi varaqalarni tashlaganidan koʻp oʻtmay Xon Yunis shahri sharqida havo va artilleriya hujumlarini boshladi. Bu esa odamlarga koʻrsatmalarga amal qilish imkoniyatini bermagan.Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlardan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning ke

08 Sep 16:45
 
10
0
xs.uz

Norvegiyadagi muzliklarning erishi 3000 yillik poykanlarning topilishiga sabab boʻldi

Iqlim oʻzgarishi sababli muzlarning erishi koʻplab arxeologik topilmalarning topilishiga sabab boʻlmoqda. Norvegiyadagi olimlar oʻrganishlar mobaynida yaxshi saqlanib qolgan 3000 yillik kamon oʻqini topdi. Bu haqda 'New York Times' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Espen Finstad' tashkiloti tomonidan Yutunxeymen togʻlarida topilgan poykon hali ham kvartsit uchi va patlari bilan bogʻlangan. Ushbu kashfiyot butun dunyo boʻylab muzliklarning erishi natijasida topilgan minglab artefa