calendar 26 Jul 10:18
eye 83
comments 0
comments Manba: postda.uz

MAHALLA — QADRIYATLAR MASKANI

image

Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshi­rish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish eng oliy burch­larimizdan biridir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida «Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan birgalikda tashkil qilib kelyapmiz. Bu tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirdik. Endi yana qo‘shimcha kuch, imkoniyatlar berilyapti. Bu ham vakolat, ham mas’uliyat degani. Mahallalar – davlatimizning eng katta zamini» deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas. 

Keyingi yillarda o‘zini o‘zi bosh­qarishning noyob tizimini chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan bir qatorda, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ishsizlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq keng qamrovli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mahalla instituti maqomi mustahkamlandi. Barcha soha va yo‘nalishlar bo‘yicha «mahallabay» ishlash tizimi joriy qilinib, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili amaliyotga tatbiq etildi. Oxirgi yetti yilda tizimni takomillashtirishga doir yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ijobiy samara beryapti. Jumladan, mahallalarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib bormoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari, doimiy daromad manbalari yaratilishi orqali oilalar farovonligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshi­rish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mazkur tuzilmaning jamiyatimizdagi nufuzini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjatlar asosida respublika, viloyat, tuman va shahar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etildi.

Har bir fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi shakllantirilib, aniq vazifalari, birgalikda qiladigan ishlari belgilab berildi. Barcha mahallalarda «mahalla budjeti» tizimi yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi, mahallaning aholiga ijtimoiy ko‘mak berish borasidagi vakolatlari kuchaytirildi. Endilikda «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiya ajratish «mahalla yettiligi»ning birgalikdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Mahalla, avvalo, ma’naviyat, tarbiya beshigi. Bugungi yangilanishlar jarayonida uning ushbu tarixiy xususiyatini asl holicha saqlash va boyitish ham e’tiborda. Bu yo‘nalishda «mahalla – maktab» konsepsiyasi asosida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlari yuritilyapti. «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faol ishlamoqda. Tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» loyihasi amalga oshirilyapti.

Bugungi kunda mahallaga murojaat qilish orqali ko‘pgina masalalarga ijobiy yechim topilyapti. Ayniqsa, kundalik hayotimizda muhim o‘rin tutadigan, hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yo‘l, suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa masalalar bo‘yicha mahallalar tizimli ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, barcha rahbarlar mahallalarga borib, o‘z sohasi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganishi va uni joyida hal etishi ham yo‘lga qo‘yildi. 2024-yilning 1-choragi davomida 3768 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 59 mingdan ortiq masalalar ijobiy hal etilgan. 

Mahalla raislari va «yettilik» vakillari ehtiyojmand, kam ta’minlangan, oilaviy sharoiti og‘ir xonadonlardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni muntazam ravishda xonadonbay o‘rganmoqda va aniqlangan muammolarning yechimini topish choralari ko‘rilyapti. 

Mahallalarda ijtimoiy daftarlar yuritish orqali aholi muammolarini hal qilish borasidagi ishlar ham kambag‘allikni bartaraf etish, oilalarning daromadini oshirishda samara bermoqda. 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 ming 452 ta mahalla faoliyat yuritmoqda. Ularning ko‘p­chiligida mahalla tarixi aks etgan burchaklar tashkil qilingan. 2020-yildan buyon yurtimizda 22-mart Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi «2022–2026-yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi natijasida o‘tgan yili 1 ming 297 ta qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bajarilgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda minglab kilometr elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilindi. Joylarda yangi bozorlar va boshqa infratuzilma inshootlari qad rostladi. Ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, sug‘orish tizimlari yaxshilandi. Bu imkoniyatlar chekka qishloqlarda ham shahardan kam bo‘lmagan sharoit yaratish­ga, oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Mahallalar obodligini ta’minlashda «Yashil makon» umummilliy loyihasining o‘rnini alohida qayd etish joiz. Bu boradagi ishlar tufayli hududlarda bog‘-rog‘lar, yashil hududlar kengaymoqda. Aholi yashash manzillari kundan-kun chiroy ochib, go‘zallikka burkanyapti. 

Mahallalarni obod qilish, infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi bunday ishlar mamlakatimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib, xalqimiz turmush darajasi va madaniyatini yuksaltirishga zamin yaratmoqda. «Mahallabay» tizimi joriy etilgan oxirgi ikki yilda mahallalarda 176 mingta yuridik va 194 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi bilan qariyb 900 mingta loyihaga 20 trillion so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 92 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 380 mingta ish o‘rni yaratildi. Bu raqamlar ortida qanchadan-qancha odamlar, oilalar taqdiri yotibdi. Ana shu ishlar natijasida boqimandalik kayfiyati kamayib, tadbirkorlik muhiti yaratish zavqi kuchayib boryapti. Shu o‘rinda mahalla yettiligi tarkibida bo‘lgan profilaktika inspektorlari faoliyatini ham alohida e’tirof etish o‘rinli bo‘ladi. Sababi, ular kecha-yu kunduz olib borayotgan o‘z xizmatlari davomida mahallalar osoyishtaligini ta’minlab, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashib kelmoqda. Buning natijasida juda ko‘p mahallalarimiz tom ma’noda jinoyatchilikdan xoli hududga aylanmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, xalq muammolarini dastlabki bosqich­dayoq yechish imkoniyati oshib, fuqarolar sarsongarchiliklariga barham beriladi. 

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
137
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

17 May 21:48
 
129
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

13 May 14:39
 
200
0
xs.uz

Vatanga muhabbat izhori

Hazorispand boʻlsam sahrolaringda,Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,Hayit oyi boʻlsam samolaringda,Mehr-u vafo ' koʻrar dunyolaringda,Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!Ostonangda yotgan iting boʻloyin,Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,Baland togʻlarda burguting boʻloyin,Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!Soʻzim bor ' savashda qilich boʻloli,Shaxdim bor ' quvvati birinch boʻloli,Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,Ipak jonim metindan sinch boʻlol

13 May 14:39
 
184
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur