calendar 23 Jul 11:39
eye 132
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda ham sog‘lom odam ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildimi?

image

Andijon viloyatida sog‘lom sotuvchi Psixonevrologiya dispanseriga majburiy joylashtirilganligi yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaat nazoratga olinib, Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakiliga o‘rganish uchun yuborildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.

Mintaqaviy vakil murojaat qilgan fuqarolar S.P. hamda O‘.O.lar bilan shaxsan suhbatlashganda, ular 1994 yilda tug‘ilgan sotuvchi sherigi B.M. sog‘lom bo‘lishiga qaramay ota-onasi tomonidan Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanseriga majburiy joylashtirilganligini ma’lum qilgan. 

“Ushbu murojaat ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro B.M.ning otasi, onasi va turmush o‘rtog‘i hamda boshqa qarindoshlari bilan suhbatlashildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, B.M.ning 2 nafar farzandi bor, qator ko‘chmas mulk ob’ektlarining egasi. Keyingi paytlarda uning ruhiy holatida o‘zgarishlar bo‘lganligi, hattoki, 2002 yilda tug‘ilgan va birga savdo qiladigan fuqaro O‘.O.ni o‘g‘il qilib olish haqida ko‘p gapiradigan bo‘lib qolgani sababli shu yilning mart oyida birinchi marotaba viloyat Psixonevrologiya dispanseriga joylashtirilgan. Sog‘lig‘i yaxshilanganligi sababli aprel oylari oxirida olib ketilgan. Lekin ko‘p o‘tmay fuqaro B.M.ning sog‘lig‘i yana yomonlashgani sababli dispanserga qayta yotqizilgan”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, bemorning yaqin qarindoshlari fuqarolar S.P. hamda O‘.O.lar B.M.ga yomon ta’sir o‘tkazganligini ma’lum qilgan. Ular 2024 yilning 23 may kuni Psixonevrologiya dispanseri kichik tibbiy xodimi bilan kelishib, bemor B.M.ni olib qochishga urinishgan, lekin Shahrixon tumani IIB profilaktika inspektori S.Azimov tomonidan to‘xtatib qolingan.

Qayd etilishicha, ishchi guruh a’zolari bemor B.M. bilan ham suhbatlashgan. U ota-onasiga hech qanday e’tirozi yo‘qligini, sog‘ligi yaxshi tomonga o‘zgarganini, shifoxonada sharoitlar yaxshi ekanini aytib, do‘stlari O‘.O. va S.P.lar shifoxonaga boshqa kelmasligini so‘ragan. 

Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2024 yil 23 may kuni bemor B.M.ni davolanayotgan joyidan qochishiga yordam bergan va boshqa kunlari ham S.P. hamda O‘.O.larni bemor oldiga kiritgani uchun 2-bo‘lim kichik tibbiy xodimi Ombudsman talabnomasi asosida ishdan bo‘shatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq fuqaro tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlangandi. Fuqaroni o‘zining roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

31 Jan 15:21
 
24
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…

Prezidentning 'Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-te

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
21
0
xs.uz

Samarqand viloyatining bir qator shahar va tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Joriy yil 31 yanvar kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda 'O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qi