calendar 22 Jul 16:13
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Piyozchilik” mahallasida har bir oila tadbirkor

image
Toshloq tumanidagi 'Piyozchilik' mahalla fuqarolar yigʻini hududida 5 ming 401 nafar aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni esa ikki mingdan ziyod. Ayni paytda aholining 70 foizga yaqini mahallaning asosiy drayveri boʻlgan kosibchilik bilan shugʻullanadi. Bu borada 100 nafardan ortiq lider tadbirkorlar kasanachilik asosida bir necha yuzlab mahalladoshlarini doimiy ish oʻrni bilan taʼminlagan.

Dilnozaxon Mamajonova ham toʻrt yildan buyon kosibchilik bilan shugʻullanib, dastlab oʻz xonadonida besh nafar xotin'qizlar bilan ish boshlagan edi. Bugungi kunda hunarmandning xonadonida va qoʻshimcha ijaraga olgan binoda 30 dan koʻproq ayollar ishlaydi.

Tadbirkor oʻtgan yili mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 50 million soʻm imtiyozli kredit olib, zamonaviy tikuv mashinalari xarid qildi hamda qoʻshimcha ish oʻrni yaratdi.

' 2023-yili kosibchilik yoʻnalishida 35 ta oilaga yangi tikuv mashinalari olib berishga koʻmaklashilgan boʻlsa, joriy yilning olti oyida 15 nafar hunarmandga 384 million soʻm imtiyozli kredit ajratib berilishiga erishildi, ' deydi 'Piyozchilik' MFYdagi hokim yordamchisi Akramjon Rahmonov. ' Buning natijasida mahallada hunarmandchilik va tadbirkorlik jadal rivojlanyapti. Endilikda hududda tadbirkorlikka aloqasi boʻlmagan oilaning oʻzi yoʻq.



Mahalladagi deyarli har bir xonadon buyurtma asosida erkaklar, ayollar hamda bolalar poyabzallarini yarim tayyor holda yetkazib beriladi. Bu mahsulotlar ulgurji narxda mamlakatimizning barcha hududlariga yetkaziladi, shu bilan birga qoʻshni Tojikiston va Qirgʻizistonga ham eksport qilinadi Har bir kosib ish koʻlamiga qarab, oyiga oʻrtacha 3'5 million soʻm daromadga ega boʻladi.

Shuningdek, mahalladagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham kosibchilik toʻgaragi tashkil etilgan. Bu yerda mahallaning eng mohir tadbirkorlaridan biri Muhayyo Oxunova 50 nafarga yaqin oʻquvchilarga kosibchilik hunarini oʻrgatyapti. Darsdan soʻng, yozgi taʼtil davrida taʼlim muassasasida barpo etilgan kosibchilik ustaxonasida oʻquvchilar poyabzalning maʼlum bir qismini tayyorlash orqali bir oyda oʻrtacha 1,5 ' 2 million soʻm daromadga ega boʻlmoqda.

Mahalla yettiligi tomonidan bundan bir yil avval oʻtkazilgan oʻrganish davomida 191 nafar ishsiz borligi qayd etilgan. Joriy yilning birinchi yarmi holatiga koʻra, 'Piyozchilik' mahallasida bor-yoʻgʻi 7 nafar ishsiz qolgan. Masʼullarning maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda tadbirkorlik yoʻnalishida 20 ta istiqbolli loyiha hayotga tatbiq etiladi. Oʻz'oʻzini band qilish maqsadida 2 nafar ishsizga skuter motorolyori olib berilmoqda.

Quvonarlisi, oilalar toʻkisligi, farovonligi mahalladagi yangilanish va oʻzgarishlar timsolida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Yaqinda 'Obod mahalla ' obod koʻcha ' obod xonadon' tamoyili boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻiniga yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Oltita savdo va xizmat koʻrsatish doʻkonlari ishga tushirildi, faoliyatini toʻxtatgan 10 ga yaqin tadbirkorlar yana ish boshlashi uchun koʻmaklashildi. Elektr tarmoqlari yangilandi. Ichimlik suvi tarmoqlari va ichki yoʻllar sifati yaxshilandi. Aholi xonadonlari taʼmirdan chiqarildi.

Muxtasar aytganda, 'Piyozchilik' mahallasida tadbirkorlik va davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi tufayli erishilayotgan yutuqlar salmoqli va bardavom boʻlmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 16:47
 
59
0
qalampir.uz

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining navbatdagi saylovi oldidan tuman (shahar) hamda viloyat hokimlarining xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish tartibi bekor qilindi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazil

22 Jul 18:37
 
68
0
qalampir.uz

Nazarbekov reklama qilgan do‘kon jarimaga tortildi. Vazir esa aybsiz

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganila boshlagani xabar qilingandi. O‘rganish natijasida kiyim do‘koni jarimaga tortildi, vazir esa aybsiz deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli

22 Jul 10:35
 
53
0
qalampir.uz

Samarqandda xaker yigit mashhur tadbirkorlarni chuv tushirdi

Samarqand viloyatida mashhur tadbirkorlarning Telegram akkauntlaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan 20 yoshli yigitga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yigit tadbirkorlarning ismi bilan sahifa ochgan va profillarga ularning fotosuratlarini joylashtirgan. Shundan keyin o‘sha tadbirkorlarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan. “Avvaldan ta

11 Aug 03:43
 
36
0
xs.uz

Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

Toshkent shahrida 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon YPX inspektorlari tomonidan 'Monza' rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yoʻlovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uygʻotgan.Xolislar ishtiro