calendar 22 Jul 16:05
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi

image

O‘zbekistonda 2024 yilning 1-yarmi davomida transportdan foydalanish xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilgan 551 kishi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki olti oyida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1601 nafar shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Taqqoslash uchun, 2023 yilda Jinoyat kodeksining xuddi shu moddasi bilan 3325 nafar shaxs sudlangan bo‘lsa, shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Ma’lumot uchun, yuqoridagi moddaga ko‘ra, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, o‘sha qilmish odamlar o‘limiga, halokatga hamda boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlariga oid yangi Qonun qabul qilindi

'Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi Qonun (OʻRQ-964-son, 20.09.2024-y.) qabul qilindi. Qonunga koʻra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash belgilanmoqda. Shuning

10 Oct 07:19
 
16
0
xs.uz

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

10 Oct 10:27
 
20
0
xs.uz

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi

2025-2026-oʻquv yilida Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy