calendar 22 Jul 14:17
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij-2024: Sportchilarga Olimpiya shaharchasida alkogol ichish taqiqlanmaydi

image

Parijdagi Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmaydi. Bu haqda jurnalistlarga Avstraliya delegatsiyasi rahbari Anna Mirs ma’lum qildi.

“Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmagan emas, lekin ziyofatlar ochiq havoda o‘tkazilgani ma’qul. Sportchilar muvaffaqiyatini birgalikda nishonlashi mumkin bo‘ladi, ammo ular musobaqa kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha dam olishni ham yodda tutishlari kerak”, deydi Mirs.

Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi ishtirokini futbolchilar boshlab beradi. Temur Kapadze shogirdlari 24 iyul kuni Ispaniya bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya delegatsiyasi Olimpiada ochilishida hojatxonalar kam bo‘lishidan xavotirlanayotgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:37
 
16
0
postda.uz

“BESН TASНABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDAGI MUSOBAQA

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodim va xodimalar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.Mazkur musobaqada boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shaha

09 Oct 12:37
 
16
0
postda.uz

Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev

Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erisha­yotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz. Bolalik chog‘laridan mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqala

09 Oct 12:37
 
16
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.

03 Sep 21:36
 
36
0
xs.uz

Uzunlikka sakrash boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalini qoʻlga kiritdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, erkaklar oʻrtasida T12 uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Doniyor Soliyev 7,16 metr natija qayd etgan sportchi kumush medalni qoʻlga kiritdi.Qayd etish kerakki, ushbu sport turida 7,27 metr natija qayd etgan ozarbayjonlik sportchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Doniyor Soliyev 'Rio'2016' O